Logo

Yo'lsozlarga "O'zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishonlari topshirildi

228 7-Dekabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 290 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida sohada faoliyat ko'rsatayotgan bir guruh xodimlarga "O'zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishonlarini topshirishga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 29 noyabrdagi farmoyishiga binoan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda jonbozlik ko'rsatib kelayotgan, Bosh qomusimizning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish ishiga munosib hissa qo'shgan yurtdoshlarimiz "O'zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishonlari bilan taqdirlandi. Ular orasida avtomobil yo'llari sohasida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilar ham bor.


Yig'ilishda so'zga chiqqanlar Respublikamiz iqtisodiy rivojiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelayotgan yo'lsozlarning bugungi zahmatli mehnati – bunyodkorlik va barqarorlik hukm surayotgan, jahon sahnida o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan O'zbekistonimiz taraqqiyotiga munosib hissa bo'lib qo'shilayotgani, bugungi erishayotgan natijalarimizga aynan yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik sabab ekanini ta'kidlashdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan jamiyatda adolatni to'kis qaror toptirish, inson huquqlari va manfaatlari ro'yobini ta'minlash borasidagi islohotlar Bosh qomusimiz mohiyatiga hamohangdir. 


Tadbirda tizimda mehnat qilayotgan xodimlarga va ishchi-xizmatchilarga "O'zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishonini qo'mita raisi A.Abduvaliev tantanali ravishda topshirdi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali