Logo

Yo'lsozlar giyohvandlikka qarshi

347 16-Noyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 51 Kb)


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi hamda tizim tashkilotlari ishchi va xizmatchilari ishtirokida "Giyohvandlik – XXI asr vabosi" mavzuida tadbir bo'lib o'tdi.

Qo'mita rahbariyati hamda Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sog'liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda jahonda kechayotgan bugungi vaziyatda giyohvandlik kabi ofatga nisbatan o'z munosabatimiz bo'lishi zarurligi, bu ofatlarga qarshi kurashish – har birimizning burchimiz bo'lmog'i kerakligi haqida so'z bordi.


Notiqlar o'z so'zlarida giyohvandlik illatining yoshlar ongi va tafakkuriga qiladigan ta'sirini ilmiy asosda, tibbiy nuqtai-nazardan tushuntirib berdi. Ko'rgazmali jihozlar va slaydlar bilan asoslangan ma'ruzada, jumladan, "lirika" moddasini qabul qilayotgan chog'da odam organizmida kechadigan salbiy o'zgarishlar haqida dalillar bilan so'zlab berishdi. 

Tadbirda yig'ilganlar e'tiboriga giyovand moddalar, jumladan, "lirika" psixotrop moddasining noqonuniy savdosiga qarshi kurashish, bu baloning yoshlarimiz kelajagiga tahdid solishidan ogoh etuvchi video-roliklar namoyish qilindi. Filmda sintetik narkotik moddaning bir turi bo'lmish – "lirika" og'usining noqonuniy savdosi bilan shug'ullanganlarning huquq-tartibot organlari tomonidan qo'lga olingani, ammo shu kungacha bu og'uni iste'mol qilgan ayrim yoshlarimizning og'ir taqdiri to'g'risida – Rossiya yoshlari misolida so'z bordi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali