Logo

Yo'l xo'jaligida kadrlar tayyorlash tizimiga bo'lgan e'tibor

7927 15-Fevral, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


Mamlakatimizda so'nggi yillarda amalga oshirilgan tub islohotlar doirasida – yo'lsozlik sohasidaga malakali kadrlar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi shakllantirilmoqda.

O'zbekiston Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida o'quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o'qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasida yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining filiallarini ochish vazifalari qo'yilgan. 

Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan moliyalashtirilishi hisobiga Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti dunyodagi qator rivojlangan davlatlar, jumladan, Germaniyaning Drezden texnik universiteti va SES (Senior Expert Service) tashkiloti, Polsha Gdansk texnologiya universiteti, AQSh Koliforniya universiteti, Yaponiya JICA tashkiloti, Singapur milliy universiteti, Xitoy Chanan universiteti, Moskva avtomobil yo'llari davlat texnika universiteti bilan tuzilgan kompleks chora-tadbirlar rejalari asosida ta'lim sifati va sohani raqobatbardosh kadrlar bilan ta'minlash ishlarini amalga oshirmoqda.

Ta'lim sifatini oshirishda halqaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida – xorijiy hamkorlar bilan professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish, qo'shma fakultet va xorijiy davlatlarda talabalar amaliyotini tashkil etish, o'quv jarayoniga ilg'or xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, adabiyotlar chop etish hamda avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi jarayoni, shuningdek, harakat xavfsizligini ta'minlash, avtomobil harakat oqimini samarali boshqarishda xalqaro maydonda keng foydalanilayotgan zamonaviy dasturiy ta'minotlar litsenziyalarini xarid qilish ko'zda tutilgan.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi homiyligi asosida joriy yilning mart oyida AQSh Kaliforniya universiteti professori Sh.M.Taxirov, may oyida Singapur milliy universiteti professori, Singapur yo'l qoplamalari Assotsiatsiyasi Prezidenti, Xalqaro Nobel mukofoti laureati Fua Tin, mart-may oylarida Germaniya davlatidan Ralf Urban, Ervin Flyaysher, Volf Diter Keppler, Diter Bergemann hamda Koreyaning National Research tashkiloti eksperti Pyong Un Che – institut talabalariga ma'ruza va amaliyot darslarini o'tashdi.

Shu bilan birga, qo'mita rahbariyati tashabbusi bilan 2019 yilda institutning 50 ga yaqin  professor-o'qituvchilari Germaniya, Polsha, Italiya, Koreya va Rossiya davlatlariga maqsadli malaka oshirish va amaliyot o'tashga yuborilmoqda. Natijada chet el tajribalari asosida o'quv jarayoniga zamonaviy dasturiy ta'minotlarni joriy etiladi. Hozirda dasturiy ta'minotlarning litsenziyalarini harid qilish bo'yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. 

Shubhasiz, o'z kasbining yetuk vakillari bo'lgan, yuksak intellektual salohiyatga ega, malakali kadrlarni tayyorlash – mamlakatimiz taraqqiyoti yo'lidagi g'oyat muhim ishdir. Bu kabi sa'y-harakatlardan ko'zlangan maqsad farzandlarimizning sifatli va samarali bilim olishini ta'minlash, oliy o'quv yurtlarini chinakam ilm-ma'rifat maskaniga aylantirishdir.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali