Logo

Yangilangan Qo'qon yo'llari

994 27-Avgust, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 553 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi "Xalqaro hunarmandchilik festivalini o'tkazish to'g'risida"gi qaroriga asosan Qo'qon shahrida o'tkaziladigan festivalga tayyorgarlik ko'rish maqsadida shahar hududidagi va shaharga olib keluvchi avtomobil yo'llarini ta'mirlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirildi. 

Shuni alohida qayd etish lozimki, umumiy foydalanuvda bo'lgan hamda shahar ko'chalarida avtomobil yo'llarida Avtomobil yo'llari qo'mitasi tizimidagi pudratchi korxonalar tomonidan 76,7 km uzunlikdagi qurish, qayta qurish, to'la va joriy ta'mirlash ishlari bajarildi. 


Xususan, umumiy foydalanuvda bo'lgan 56 km uzunlikdagi avtomobil yo'llarida ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, A-373 b avtomobil yo'lining 6-34 km, 4r-112 "Farg'ona xalqasi" avtomobil yo'lining 279-299 km, 4R-154 "Qo'qon-Yaypan-Isfara" avtomobil yo'lining 0-2 km, 4R-17e "Qo'qon shahri aylanma yo'li" avtomobil yo'lining 0-4 km qismlarida hamda 4K-924 "Toshkent-O'sh-Naymancha-Bekobod" avtomobil yo'lining 0-2 km qismida joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, shahar markaziy va ichki ko'chalarida ham qurish, qayta qurish va ta'mirlash ishlari olib borilib, 20,7 km uzunlikdagi ko'chalar qayta chiroy ochdi. 


Masalan, A.Temur, Sarboz va Charxiy ko'chalarining 4,2 km qismi qayta qurilgan bo'lsa, "Turon" ko'chasi to'la ta'mirlandi. "Sarboz", Imom Buxoriy, Furqat ko'chalari, bundan tashqari shahar aeroporti hududi joriy ta'mirlandi. 

Ta'mirlash ishlari davom etmoqda. 

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali