Logo

Yangilanayotgan yo'llar

307 29-Noyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 414 Kb)


O'tib borayotgan 2018-yil mamlakatimiz yo'lsozligida – yangi yo'llar qurilishi va ta'miri borasida o'ziga xos iz qoldirib ketmoqda. Quyida hududlardagi ana shunday ta'mirlangan yo'llardan ayrimlari haqida ma'lumot beramiz.

A380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidan o'tuvchi 698-753 kilometrlari oralig'ida, ya'ni 10 km qismida, shuningdek, 916-964 kilometrlaridagi 5 km qismida rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. Mazkur yo'ldan bir kecha kunduz davomida 14 mingdan ortiq avtomobil qatnaydi. 

Ta'mirlash jarayonida buyurtmachi – "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi" DUK, bosh pudratchi – "Qoraqalpog'iston YMFUK" hisoblanadi.


Sirdaryo viloyatidagi ta'mirlangan yo'l

Yuqorida nomi keltirilgan buyurtmachi korxona tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi ta'mir – Sirdaryo viloyatidagi 4R28 "Guliston sh.-Yettisoy qishlog'i" avtomobil yo'lining 0-3 km qismida amalga oshirildi. Mazkur ob'ektda 2,7 km yo'lga asfalt qoplamasi yotqizildi, piyodalar yo'lagi, ko'kalamzorlashtirish mintaqasi, sug'orish tizimi yo'lga qo'yildi. Bundan tashqari 72 p/m uzunlikdagi yo'l ko'prigi qurildi.


Surxondaryo viloyatidagi ta'mirlangan yo'l

Surxondaryo viloyatining "Termiz xalqaro aeroporti – Hayraton ko'prigi" avtomobil yo'lining 1,5 km qismi zamonaviy talablar asosida ta'mirlandi. Dastur bo'yicha mazkur yo'lning qolgan 4,5 km qismida rekonstruksiya ishlari yakunlanmoqda. "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi" DUK buyurtmachiligidagi bu ishlarda bosh pudratchi – "Denov TYFUK" hisoblanadi. 


Farg'ona viloyatidagi ta'mirlangan yo'l

Farg'ona viloyatidagi 4R-17e "A-373 avtomobil yo'lidan – Qo'qon shahar aylanma yo'liga" avtomobil yo'lining 4-9 km qismida ham rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazildi. Qo'qon shahri hududida joylashgan mazkur ob'ektda 5 km yo'l asfalt qoplamasi bilan qoplandi, yoritish tizimi, yo'l bo'ylab ko'kalamzorlashtirish ishlari uchun sug'orish tizimi yangilandi, 5 ta chorrahada yangi svetoforlar, yo'l belgilari o'rnatildi. Shuningdek, 16 ta avtobus bekatlari qurildi.


Qo'qon shahidagi yangi qurilgan bekat

Shaharning Shohruhobod ko'chasidan o'tgan Qo'qonsoy ko'prigi ustiga hamda Movarunnahr ko'chasidan o'tgan Oqtepasoy ustiga 30,3 p/mlik 2 ta yangi yo'l ko'prigi qurib bitkazildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida – sutkasiga o'rtacha 20 ming avtomobil qatnovchi mazkur hududdagi aholining hamda yo'lovchilarning muammolari bartaraf etildi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali