Logo

Xorazmdagi qulab tushgan ko'prik ta'mirlanmoqda

3250 27-Avgust, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 19 Kb)


Joriy yilning 14-avgust kuni Xorazm viloyatidagi davlat ahamiyatiga ega bo'lgan 4R-164 "Xonqa-Yangiariq-Chiqirchi-Xiva" avtomobil yo'lining 6,1-kilometridagi "Qoraqosh" zahkash ko'prigida avariya sodir bo'lgan edi.

Xonqa va Yangiariq tumanlarini bog'lab turgan, eni 14, uzunligi 24 metrdan iborat mazkur ko'prik 1975-yilda qurilgan bo'lib, 1989-yilda qatnov qismi har ikki tarafga 12 metrli plita bilan kengaytirilgan edi. 

Bugungi kunda mazkur ko'prikda Xorazm ko'priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tiklash ishlari boshlangan bo'lib, bu ishlar bilan 20 nafar ishchi va xizmatchilar, 10 ga yaqin maxsus texnikalar safarbar qilingan. Avtomobillar qatnovi uchun esa vaqtinchalik aylanma yo'l tashkil etilgan. 

Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, 14-avgust kungi ko'ngilsiz voqea natijasida turli darajada jarohat olgan, Xonqa tuman yo'llardan foydalanish korxonasiga qarashli, davlat raqami 90 294 KAA yuk mashinasida bo'lgan haydovchi va ishchilarga o'sha kunning o'zidayoq tibbiy yordam ko'rsatilgan. Bugungi kunda ularga shifoxonadan uyiga javob berilgan hamda davolanib, o'z vazifalariga kirishishgan.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali