Logo

Xorazmdagi ko'kalamzorlashtirish sur'atlari

1872 15-Mart, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 184 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi mobaynida ko'plab vazifalar qatori Urganch-Shovot yo'nalishi bo'yicha ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish bo'yicha ham ko'rsatma bergan edi.


Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, qo'mita tarkibiga kiruvchi "Xorazmyo'lko'kalam" unitar korxonasi tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida qator ishlar bajarildi. Jumladan, mazkur davlat ahamiyatidagi 4R-159 "Urganch sh. – Shovot sh. – Turkmaniston Respublikasi chegarasi" avtomobil yo'lining 0-30 kilometrlariga 17 ming tupdan ziyod turdagi, ya'ni katalpa, yapon saforasi, terak, mojevelnik, qayrag'och xamda yuka kabi va boshqa daraxt hamda turli gul ko'chatlari ekildi. 

Ko'kalamzorlashtirish ishlari 2019 yilning bahor mavsumida ham davom ettiriladi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali