Logo

Xalqaro ilmiy-texnik anjuman.

5017 27-Noyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 8 Kb)

24 noyabr kuni Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida "Yo'l transporti va muxandislik kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman bo'lib o'tdi.

Ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi A.Abduvaliev, Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti rektori O.Risqulov va boshqalar so'zga chiqishib, bugungi kunda yo'l transporti va muxandislik kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

Anjumanda Yevropa hamda MDH oliy o'quv yurtlaridan 30 dan ortiq mehmonlar ishtirok etishdi. Tadbir jarayonida Koreya Respublikasi, Ruminiya, Rossiya Federatsiyasi va Belorussiya davlatlari universitetlari bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi. Shu bilan birga Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti – Xalqaro avtomobil yo'llari ta'limi assotsiatsiyasi a'zoligiga qabul qilindi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali