Logo

"Toshkent ixtisoslashtirilgan burg'ulash va portlatish ishlari boshqarmasi" unitar korxonasi

1-Avgust, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 36 Kb)

"Toshkent ixtisoslashtirilgan burg'ulash va portlatish ishlari boshqarmasi" unitar korxonasi

Akilov Furqat Husanovich
Qabul kunlari: Seshanba soat 14:00-16:00, Juma soat 09:00-11:00

Toshkent shahar 100170, Uchtepa tumani Xalqa yo'li 7-uy

(0 371) 247-40-05

(0 371) 247-40-05


"Toshkent ixtisoslashtirilgan burg'ulash va portlatish ishlari boshqarmasi" unitar korxonasining funksional vazifalari

  • respublikadagi tog'lik hududlarda yo'l qurilishi ishlari va karer xo'jaligini yanada rivojlantirish;
  • ustav fondi me'yorida Muassis roziligi bilan o'z tarkibida prorabliklar, katta va kichik hajmdagi omborlar, karer xo'jaliklari va boshqa xo'jaliklarini tashkil etish;
  • ishlab chikarishga ilg'or tajriba, yangi texnika, texnologiya va samarali yo'l-kurilish materiallari, mehnatni tashkil etish va boshqarish soxasidagi ilg'or tajribalarni tadbiq etish;
  • ishlab chiqarishni texnikaviy va ashyoviy ta'minoti, aniq ish bajaruvchini tanlash, ish xaqi to'lashni o'rnatilgan tartib va usullarni qo'llash, ishchi xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash va o'z-o'zini boshqarish masalalarini mustaqil hal qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini bajarish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
  • yo'l qurilishi korxonalari bilan shartnomadagi majburiyatlarni bajarilishini ta'minlash, o'z aylanma mablag'larini saqlanishi, iqtisod tartibiga amal qilish va aylanma mablag'larni bir maromda aylanish tezligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish;
  • burg'ulash va portlatish ishlarini amalga oshirish, ularni texnik hujjatlarini, hamda bajarilgan ishlarni hisobga olib borish;
  • burg'ulash va portlatish ishlarini olib borishda mehnatni muhofaza qilish, hamda texnika xavfsizligiga rioya qilish;
  • iqtisod tartibiga qat'iyan rioya qilish, o'zidagi mavjud burg'ulash uskunalari va texnikalarini texnik soz holatda ushlash;
  • avtomobil transportida yo'lovchi va yuk tashish;
  • tabiiy tosh va noruda mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash va sotish;
  • pudrat shartnomalari bo'yicha boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ish bajarish, xizmatlar ko'rsatish;
  • Korxona ishlab chikarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mehnat jamoalarining ijtimoiy xayotini yaxshilash uchun sharoitlar yaratish;
  • qurilish mahsulotlari, materiallarini, hamda kichik mexanizatsiya mahsulotlarini tayyorlash;
  • nostandart uskunalarni ishlab chiqarish, o'rnatish va ishga tushirish;
  • ulgurji savdo;
  • chakana savdo;
  • turli sohalarda xaq evaziga xizmat ko'rsatish;
  • foyda olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish.

nizomni yuklab olish (pdf, 248 kb)

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali