Logo

"Taxtaqoracha" (Kitob) dovonining vaqtincha yopilgani to'g'risida

2302 6-Yanvar, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 14 Kb)


M-39 "Toshkent-Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo'lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog'lovchi "Taxtaqoracha" (Kitob) dovonidan o'tgan qismlarida 2020 yilning 6 yanvar kuni  kuchli qor yog'ishi va ko'rish imkoniyatlarining keskin pasayganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to'xtatildi.
Shu boisdan, avtomobil yo'lining mazkur dovondan o'tgan qismlarida harakat xavfsizligi ta'minlangunga qadar avtotransport vositalarining A-378 "Samarqand-G'uzor" avtomobil yo'li orqali harakatlanishi tavsiya qilinadi.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali