Logo

"Taxiatosh yo'llardan muntazam foydalanish" unitar korxonasi

21-Yanvar, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 20 Kb)

"Taxiatosh yo'llardan muntazam foydalanish" unitar korxonasi

Djamatov Allayar Baxtiyarovich
Qabul kunlari: Dushanba, Juma 0900 - 1200

Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxiatosh tumani,Taxiatosh shaxri,  Sh. Rashidov ko'chsi 38 a-uy

+998 61 572-62-02

Taxiatosh yo'llardan muntazam foydalanish unitar korxonasining maqsad va asosiy vazifalari:

Korxonaning asosiy maqsadi-biriktirilgan avtomobil yo'llarida yil davomida kechayu kunduz, uzluksiz yo'llardan foydalanish xizmatini tashkil etib, transportda yuk tashish sarf-xarajatlarini doimiy ravishda kamaytirgan holda yo'ldan foydalanuvchilarning transportda tashish ehtiyojlarini qondirish va avtomobil yo'llari tarmog'ini soz holda saqlashni ta'minlash, uni butun choralar bilan rivojlantirish va takomillashtirish hisoblanadi.

Quyidagilar Korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Biriktirilgan avtomobil yo'llarini O'zbekiston Respublikasi "Avtomobil yo'llari to'g'risida"gi Qonunida belgilangan tartibda saqlash va foydalanishni tashkil etish va bevosita mazkur qonun asosida biriktirilgan avtomobil yo'llarida yagona yo'l texnik siyosatini amalga oshirish;

Korxonaga biriktirilgan avtomobil yo'llari va undagi ko'priklarga kompleks xizmat ko'rsatish va ularni tegishli texnik holatda saqlash hamda o'tkazish qobiliyatini oshirib borish;

Biriktirilgan avtomobil yo'llarida uzluksiz va xavf-xatarsiz transport qatnovini ta'minlash uchun muntazam yo'l xizmatini tashkil etish va mazkur yo'llarning transport oqimiga xizmat ko'rsatish darajasini mustassil oshirib borish;

Biriktirilgan avtomobil yo'llari tarmog'ini saqlash va ta'mirlash bo'yicha rejalarni tayyorlash va uni shartnoma asosida sifatli qilib bajarish;

Yo'l xo'jaligi korxonalari va boshqa korxonalarni shartnoma asosida biriktirilgan avtomobil yo'lari va uning bo'laklarida asrash va yo'l xizmati ko'rsatish bo'yicha yordamchi pudratchilar sifatida jalb etish;

Biriktirilgan avtomobil yo'llari tarmog'i texnik holatini, yo'l ishlarining sifati va ishlab-chiqarish texnologiyasiga rioya qilinishini muntazam nazorat qilish;

Biriktirilgan avtomobil yo'llarini saqlash va ta'mirlash ishlarini ekologiya me'yorlari va estetika talablarini hisobga olgan holda bajarish;

Tarkibidagi bo'lim va bo'linmalarda davlat mulkining saqlanishini va samarali ishlatilishini nazorat qilish;

Biriktirilgan avtomobil yo'llari tarmog'ining hisobini olib borish, yo'lning texnik holati, harakat jadalligi, harakat xavfsizligi to'g'risida ishonarli axborot bankini tuzish;

Biriktirilgan avtomobil yo'llarini ta'mirlash va saqlash ishlarini sifatli qilib bajarish hamda Boshqarma bilan kelishilgan holda boshqa korxonalar, muassasalarga pudrat shartnomalari asosida ishlar bajarish;

Biriktirlgan avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish va takomillashtirishning uzoq muddatli kontseptsiyalari loyihasini ishlab chiqishda o'z takliflarini tayyorlash;

Ishlab chiqarishga ilg'or tajriba, yangi texnik, texnologiya va samarali yo'l-qurilish materiallari, mehnatni tashkil etish va boshqarish sohasidagi ilg'or tajribalarni tadbiq etish;

Yo'l qurish ishlariga yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalar qo'llash orqali raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va yetkazib berish;

Temir-beton, asfalt-beton, tovar-beton va noruda mahsulotlarini, hamda metal qurilmalar va mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish;

Avtotransport, temir yo'l transporti va boshqa transport vositalari hamda mexanizmlar bilan xizmatlar ko'rsatish;

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo'yicha yordamchi xo'jaliklar tashkil qilish, rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, yetishtirilgan mahsulotlarni Korxona xodimlari va boshqa fuqarolarga sotish;

Biriktirilgan avtomobil yo'llarida ishonchli va tezkor aloqani yo'lga qo'ygan holda uzluksiz dispetcherlik tizimi orqali yo'llardagi holat to'g'risida muntazam ma'lumotlarga ega bo'lish va yo'ldagi har qanday harakat xavfsizligiga aloqador voqea va hodisalar haqida Muassisni va Boshqarmani o'z vaqtida xabardor qilish;

Biriktirilgan avtomobil yo'llarining mintaqasidan tozalik va estetik talablarga rioya qilgan holda foydalanish;

Korxona ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mehnat jamoalarining ijtimoiy hayotini yaxshilash uchun sharoitlar yaratish;

Ulgurji, chakana savdo;

Xalq iste'moli iollarini ishlab chiqarish;

Turli sohalarda xaq evaziga xizmat ko'rsatish;

Foyda olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish.

Litsenziya yoki maxsus ruxsat talab qilinadigan faoliyat turlari, o'rnatilgan tartibda litsenziya yoki maxsus ruxsat olingandan so'ng amalga oshiriladi.

Nizomni yuklab olish (pdf, 10,9 mb)

 

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali