Logo

Surxondaryoda yo'llar ta'mirlanmoqda

1223 10-Avgust, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 945 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14 fevraldagi "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida nafaqat mintaqaviy, balki umumiy foydalanuvda bo'lgan avtomobil yo'llarini qurish va tubdan ta'mirlashning 2017-2018 yillarga mo'ljallangan yangilangan  dasturi ham tasdiqlangan. 

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan ayni kunda Surxondaryo viloyatidagi avtomobil yo'llari ham qayta qurilib, joriy ta'mirdan chiqarilmoqda. 


Jumladan, viloyatdagi 4R-105 "Darband q. - Boysun sh. - Elbayon q." avtomobil yo'lining texnik holatini yaxshilash hamda yo'l qoplamasini tiklash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Yo'lning 65-70 kilometrlari oralig'ida qum va shag'al aralashmasidan asos yoqizildi. 


Bundan tashqari viloyatdagi anchadan beri ta'mirtalab bo'lib kelgan 4R-100 "Manguzar q. - Jarqo'rg'on sh. - Bandixon q. - Oltinsoy q. – Denov sh.‎" avtomobil yo'lining 126-137 kilometrlari oralig'ida to'lqinsimon bo'rtmalar bartaraf etildi, 22 km uzunlikdagi yo'l yoqasi tekislandi. Yo'lning 126-137 kilometrlari hamda 140-141 km oralig'ida qismida joriy ta'mir ishlari bajarildi.


Bundan tashqari, alohida ta'kidlash kerakki, mazkur avtomobil yo'lining 134-kilometr qismida 3 dona oraliq qurilmali, 42 pogon-metr  uzunlikdagi yangi ko'prik qurish ishlari davom etayotgan bo'lib, mazkur yangi ko'prik joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshiriladi. Inshootning umumiy qiymati 3 mlrd. 212,6 mln so'mni tashkil etadi. 


Viloyatdagi yo'l qurilish va ta'mir ishlari bugungi kunda ham dastur bo'yicha davom ettirilmoqda.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali