Logo

Shavkat Mirziyoev yo'llarni sifatli qurish bo'yicha ko'rsatmalar berdi

2747 13-Aprel, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 117 Kb)


Prezident Shavkat Mirziyoev Guliston shahrining Toshkent ko'chasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ushbu ko'cha zamonaviy talablar asosida qayta qurilib, qatnovlar o'rtasida xavfsizlik to'siqlari, energiyatejamkor yoritgichlar o'rnatilgan. Ikki yonda yashil hudud barpo etilib, gullar va manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosipedlar uchun yo'laklar tashkil qilingan. 

Prezident qurilish sifati va transportlar harakatiga qulayliklarni oshirish yuzasidan ko'rsatmalar berdi. "Yo'l qurilishiga shuncha pul ajratayapmiz. Lekin yo'llarimizning sifati yo'q, desak adolatdan bo'ladi. Bu sohada qurilish hajmi, yo'l uzunligi ortidan quvmay, avvalo sifatga e'tibor berish kerak. Bir kilometr bo'lsayam, sifatli quringlar.

O'nlab yillar xalqimizga xizmat qilsin, odamlar rozi bo'lsin" dedi Shavkat Mirziyoev.


Davlatimiz rahbari yo'l qurilishi va ekspluatatsiyasida ishlatiladigan zamonaviy texnikalarni ham ko'zdan kechirdi.

Manba: president.uz

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali