Logo

Samarali xalqaro hamkorlik: "Papenburg AG" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv

6758 8-Aprel, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 18 Kb)


Joriy yilning 30 mart kuni "O'zavtoyo'l" AK da kompaniya rahbariyati va Germaniya Federativ Respublikasining "Papenburg AG" kompaniyasi rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv chog'ida tomonlar "Papenburg AG" kompaniyasi tomonidan A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 440-490 km qismida amalga oshirilgan tsementbeton qoplamali 50 km avtomobil yo'li qurilishi loyihasi xususida fikr almashishdi. 

Shuningdek, uchrashuvda "O'zavtoyo'l" AK va "Papenburg AG" kompaniyalari o'rtasida o'zaro hamkorlik imkoniyatlarining yo'nalishlari ko'rib chiqildi. Soha mutaxassislarining tajriba almashinuvi, tsementbeton va asfaltbeton qoplamali avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va ekspluatatsiya qilishda zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar, uslublar va maxsus texnikalarning qo'llanilishi shular jumlasidandir.

Ta'kidlash joizki, "Papenburg AG" kompaniyasi so'nggi bir necha yil davomida Ozarbayjon, Qozog'iston, O'zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlarida tsementbeton va asfaltbeton qoplamali avtomagistral yo'llar  qurilishi bo'yicha bir qator loyihalarni amalga oshirib kelgan. 

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali