Logo

Qo'qondagi yo'llar yangilanadi

329 4-Sentyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 485 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi "2017-2019-yillarda Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida"gi 658-sonli qaroriga asosan Qo'qon shahrida yangi yo'llar quriladi, mavjud yo'l va ko'chalar qayta qurilib, ta'mirlanadi.


Jumladan, qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 5-bandiga asosan, 

Davlat ahamiyatida bo'lgan:

- A-373 avtomobil yo'lini Qo'qon shahar aylanma yo'li bilan tutashtiruvchi yo'lning 4-9 kilometrlari oralig'i qayta qurilishi, mazkur yo'lni "Farg'ona shahri aylanma yo'li" bilan tutashtiruvchi 2,4 km uzunlikda yangi avtomobil yo'li qurish;

Umumiy foydalanuvda bo'lgan:

- A-373 avtomobil yo'lining Qo'qon shahriga kiradigan qismidagi 5 km qismini, 4r-153 "Qo'qon sh.-Mingtut q.-Aeroport-Sariqo'rg'on q." Avtomobil yo'lining 0-3 kilometrlari oralig'idagi 4 km qismini to'la ta'mirlash;

Shahar ko'chalari hisoblangan:

- Qo'qondagi 12 ta – umumiy uzunligi 23,3 km bo'lgan markaziy ko'chalarni qurish va qayta qurish, 65 ta mahallaning 30 km ichki ko'chalarida ta'mirlash ishlarini amalga oshirish, shuningdek, Muqimiy shaharchasining 24 km markaziy va ichki ko'chalarini ta'mirlash hamda boshqa tadbirlar ko'zda tutilgan.


Bundan tashqari, 2017-2019-yillar mobaynida shahardagi ta'mirlanadigan 21 ta ko'chada umumiy qiymati 624 million so'mga teng bo'lgan zamonaviy bekatlar qurish ham ko'zda tutilgan.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali