Logo

Qo'mitaning yil yakunlari bo'yicha yig'ilishi

1975 10-Yanvar, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 21 Kb)


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida 2017 yil yakunlari bo'yicha kengaytirilgan selektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Yig'ilishda qo'mita tizimidagi hududiy bo'linmalar, tarkibiy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Majlisni qo'mita raisi A.Abduvaliev olib bordi.

Yig'ilish davomida eng avvalo O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 22 dekabridagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar asosida yo'lsozlar oldiga qo'yilgan masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilishda o'tgan yil natijalari tanqidiy tahlil asosida ko'rib chiqildi. Unda ta'kidlanganidek, 2017 yil davomida 6 513,5 km.dan ortiq umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarida tizim korxonalari tomonidan jami 2 071,4 milliard so'mdan ziyod mablag' o'zlashtirilgani holda qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarildi. Jumladan:

- Investitsiya dasturiga muvofiq 2017 yilda 264,2 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi;

- hisobot davrida Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi 175,5 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari kapital ta'mirlandi;

- 3 221 km dan ortiq mintaqaviy avtomobil yo'llari ta'mirlandi, mazkur ko'rsatkich bo'yicha 119,6 foizlik natijaga erishildi; 

- 2 850 km.dan ortiq umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari holati yaxshilandi;

- Qo'mita korxonalari va tashkilotlari tomonidan 

118 ta yo'l qurilish texnikalari va 3 dona asfaltbeton ishlab chiqaruvchi zavodlar xarid qilindi.

O'tgan davr mobaynida tizim korxona va tashkilotlarida 331 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Yig'ilishda 2018 yildagi vazifalar belgilab olindi. 

Majlis yakunida kun tartibdagi ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali