Logo

Qo'mitada yangi yil tadbiri

2004 4-Yanvar, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 264 Kb)


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida yangi yil bayrami munosabati bilan "Ezguliklarga to'la Yangi yil muborak!" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Unda taniqli kino va teatr aktyorlari – O'zbekiston xalq artisti To'ti Yusupova hamda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Alisher Otaboev ishtirok etishdi.


Qo'mita raisi A.Abduvaliev hamda mehmonlar yig'ilganlarni yangi yil bayrami bilan tabriklab, 2019 yilning "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb atalgani zamirida inson manfaati va xalq farovonligi kabi insoniy tushunchalar yotgani, bu esa barcha sohalar qatori – yo'lsozlarga ham alohida mas'uliyat yuklashi haqida so'z yuritishdi.


San'atkorlar o'z chiqishlari davomida ijro etgan rollaridan parchalar, monologlar ijro etishdi hamda yig'ilganlarni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob berishdi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali