Logo

Qo'mitada bayram tadbiri

572 5-Sentyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 1092 Kb)


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag'ishlangan "Aziz va yagonamsan, jonajon O'zbekistonim!" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zbek Milliy akademik drama teatrining bir guruh san'atkorlari ishtirok etishdi.


Bayram tadbirida ishtirok etganlar o'z chiqishlari davomida Respublikamiz iqtisodiy rivojiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelayotgan yo'lsozlarning bugungi zahmatli mehnati – bunyodkorlik hukm surayotgan, jahon sahnida o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan O'zbekistonimiz taraqqiyotiga munosib ulush bo'lib qo'shilayotgani, bugungi bunyodkorlik, barqarorlik, bayram kayfiyatining barchasiga aynan yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik sabab ekanini ta'kidladi.



Mehmonlar – O'zbekiston xalq artisti Malik Ibrohimova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Muyassar Berdiqulova, Milliy teatrning taniqli aktrisasi Vazira Yunusova hamda yosh aktyor Farrux Botirovlar o'z chiqishlarida yurtimizning necha asrlik orzusi ushalgan ulug' bir ayyom asriy qonlar, juvonmarg ketgan jonlar, xalqimizning pok va kurashchan farzandlari uvol ketgan umri evaziga qo'lga kiritilgan muqaddas ne'matimiz – ozodlik ayyomimiz ekanini xalqchil, badiiy ifodalar bilan so'zlab berdi. 




San'atkorlar o'z chiqishlari davomida talqin etgan rollaridan parchalar, monologlar ijro etishdi hamda yig'ilganlarni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob berishdi.


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali