Logo

Qo'mita tizimidagi korxonalarda 3 mingta yangi ish o'rinlari ochiladi

1964 9-Fevral, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


2018-yil davomida Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimidagi korxonalarda 3 mingta yo'lchilar uchun qo'shimcha ish o'rinlari ochiladi. Bu haqda qo'mita raisi A.Abduvaliev faollar ishtirokida o'tkazilgan selektor yig'ilishida ma'lum qildi.

Ma'lumki, umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini soz holatda saqlash va ularni joriy ta'mirlash – qo'mita va uning tizimidagi korxonalar oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan soha xodimlari oldiga qo'yilgan talablardan biri ham shundan iborat. Bundan tashqari, mamlakatda qo'shimcha ish o'rinlari yaratish ham – kun tartibdagi dolzarb masalalardan biri.

Shunday qilib, 2018-yilda Respublikadagi avtomobil yo'llarini saqlashga ixtisoslashgan korxonalarda qo'shimcha ravishda – yo'l ishchilari shtatlari ochiladi. Ularning soni Respublika viloyatlari bo'yicha quyidagicha taqsimlangan:

Qoraqalpog'iston Respublikasida – 224 ta;

Andijon viloyatida – 183 ta;

Buxoro viloyatida – 229 ta;

Jizzax viloyatida – 216 ta;

Qashqadaryo viloyatida – 244 ta;

Navoiy viloyatida – 183 ta;

Namangan viloyatida – 183 ta;

Samarqand viloyatida – 219 ta;

Sirdaryo viloyatida – 147 ta;

Surxondaryo viloyatida – 182 ta;

Toshkent viloyatida (Toshkent halqa avtomobil yo'liga xizmat ko'rsatish bilan) – 600 ta;

Farg'ona viloyatida – 219 ta;

Xorazm viloyatida – 146 ta;

Qamchiq dovonida – 25 ta.

Shuningdek, 2018 yilda avtomobil yo'llarini qurish va ta'mirlashga ixtisoslashgan 40 ga yaqin yangi korxonalar ochilishi belgilangan. Ularda ham qo'shimcha raqishda 3 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali