Logo

"Qamchiqavtoyo'l" xayriya tariqasida qishloq maktablariga o'quv jihozlari taqdim etdi

1552 4-Iyun, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 24 Kb)


Bugungi kunda Prezidentimizning ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid beshta tashabbusiga asosan, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni damda o'quvchilar uchun zarur bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratish, ularning savodxonligini oshirish hamda kelajakda har tomonlama komil inson bo'lib yetishishlarida maktab boshlang'ich taa'lim dargohi bo'lib xizmat qiladi.

Joriy yilning 16 may kuni "Qamchiqavtoyo'l" ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi Namangan viloyati Pop tumani, Rezak qishlog'ida joylashgan Pop tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 44-sonli maktabga xayriya tariqasida yangi o'quv jihozlarini ulashdi. Jumladan, maktab ma'muriyatiga 200 dona badiiy kitob, kitoblar uchun maxsus javonlar, mutolaa qilish uchun stol va stullar taqdim etildi. 

Shuningdek, 17 may kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani Chet suv qishlog'ida joylashgan 21-sonli maktabga ham 200 dona badiiy kitob to'plami, maxsus javonlar, foydalanish uchun stol va stullar yetkazib berildi. "Qamchiqavtoyo'l" korxonasi bu kabi xayriya tadbirlarini yil davomida boshqa ta'lim muassasalari uchun ham o'tkazishni rejalashtirgan. 

Kichik bo'lsa-da, yuqoridagi kabi ezgu amallar, homiylik tashabbuslari kelajakda farzandlarimizning barkamol bo'lib o'sishlarida oz bo'lsa ham hissa qo'shadi.

kun.uz

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali