Logo

"O'zyo'lbutlash" Respublika ta'minot boshqarmasi unitar korxonasi

1-Avgust, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 26 Kb)

"O'zyo'lbutlash" Respublika ta'minot boshqarmasi unitar korxonasi

Hamroev Isomiddin Ismailovich
Qabul kunlari: Payshanba soat 15:00-16:00

Toshkent sh 100170 M.Ulugbek tum. Sayram-22

(0 371) 295-73-76

(0 371) 295-73-85


"O'zyo'lbutlash" Respublika ta'minot boshqarmasi unitar korxonasining funksional vazifalari

  • yo'l xo'jaliklarining yangi texnika va texnologiyalarga bo'lgan talab va ehtiyojlarini o'rganish;
  • marketing tadqiqotlari asosida zamonaviy texnika va texnologiyalarni Respublika yo'l xo'jaliklariga joriy etish bo'yicha takliflar tayyorlash va ularni belgilangan tartibda amalga oshirish;
  • tizim korxonalariga chet el texnikasi va zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etishda mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarida amaliy yordam ko'rsatish;
  • yo'l xo'jaligi korxonalarining talabnomalariga asosan belgilangan tartibda moddiy-texnik ta'minot masalalarini hal qilish;
  • korxona, tashkilot, muassasalar bilan tuzilgan o'zaro shartnomalar asosida ularning zarur texnika, jihoz, uskuna, material va mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojini aniqlash va o'zaro shartnomalar asosida ushbu moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish;
  • turli xil ishlab chiqarish va sifatli marketing xizmatlarini ko'rsatish maqsadida vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, hamda belgilangan tartibda chet el yuridik shaxslari bilan hamkorlikda ishlar olib borish;
  • yo'l belgilari va bo'yoqlarini ishlab chiqarish va sotish;
  • belgilangan yuklarni tegishli manzilga o'ziga qarashli avtotransport vositalari orqali markazlashgan holda yetkazib berish;
  • lizing shartnomalari asosida kelib chiqadigan xizmatlarni tashkil qilish va amalga oshirish;
  • ishlab chiqarishni texnikaviy va ashyoviy ta'minoti, aniq ish bajaruvchini tanlash, ish xaqi to'lashni o'rnatilgan tartib va usullarni qo'llash, ishchi xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash va o'zini-o'zi boshqarish masalalarini mustaqil hal qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini bajarish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
  • belgilangan tartibda statistika ma'lumotlari va buxgalteriya hisobotlarini olib borish;
  • bozor iqtisodiyoti jarayonlaridan kelib chiqqan holda bozor infrastrukturasini va kon'yukturasini muntazam ravishda o'rganib borish va tahlil qilish;
  • mulkchilik shaklidan qat'iy nazar korxona va tashkilotlarga tuzilgan o'zaro shartnomalar asosida ta'minot, avtotransport va boshqa xizmatlarni ko'rsatish;
  • yo'l xo'jaligi korxonalarini zarur bo'lgan yo'l qurilish texnikalari, jihozlari, ehtiyot qismlari va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlash maqsadida tender savdolarini tayyorlash va o'tkazish;
  • yo'l xo'jaligi korxona va tashkilotlarining talablaridan kelib chiqib, Muassis bilan kelishilgan holda yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo'limlarini tashkil qilish;
  • yo'l texnikasi, avtotransport vositalari, mashina va mexanizmlarni ta'mirlash va servis xizmatlarini ko'rsatish;
  • konsalting, axborot va maslahat xizmatlarni ko'rsatish;
  • Korxona ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mehnat jamoalarining ijtimoiy hayotini yaxshilash uchun sharoitlar yaratish;
  • ulgurji, chakana savdo.
  • foyda olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish.

Nizomni yuklab olish (pdf, 268 kb)

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali