Logo

"O'zavtoyo'l" DAK rahbariyati Jahon banki missiyasi vakillari bilan uchrashdi

9195 22-Yanvar, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 24 Kb)


2015 yilning 21 yanvar kuni "O'zavtoyo'l" DAK rahbariyati hamda Jahon banki vakillari o'rtasida muzokaralar bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasidagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarining mahalliy ahamiyatda bo'lgan qismlarini to'la ta'mirlashga taalluqli loyihalar muhokama etildi.

Jahon banki tomonidan ko'zda tutilayotgan loyihaga ko'ra, birinchi bosqichda Toshkent viloyati hududidan o'tgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarining mahalliy ahamiyatga molik bo'lgan 158 km qismidagi 20 ta uchastkasida to'la ta'mirlash olib borilishi mo'ljallanmoqda. Ikkinchi bosqichda esa xuddi shu toifadagi avtomobil yo'llarining Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlaridagi qismlari tshla ta'mirlanishi ko'zda tutilgan.

Muloqot davomida shuningdek, "O'zavtoyo'l" DAK tarmoqlar bo'yicha rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Kompaniya raisi A.Abduvaliev bu kabi o'zaro amaliy muzokaralar foydali ekanligini ta'kidlab, ikki tomonlama ham manfaatli ekanini ta'kidladi.

Jahon banki missiyasining transport bo'yicha katta mutaxassisi Mustafo Benmaamar boshchiligidagi mehmonlar ham o'z navbatida iliq kutib olingani uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi mazkur loyihalar doirasidagi faol hamkorlikka umid bildirdi.

 

"O'zavtoyo'l" DAK Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali