Logo

OTB taklifi bo'yicha xalqaro ekspertning O'zbekistonda bo'lishiga doir

1110 18-May, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 16 Kb)


Osiyo taraqqiyot banki tomonidan qilingan murojaatga asosan O'zbekistondagi avtomobil yo'llari holatini o'rganish maqsadida, shu soha bo'yicha xalqaro ekspert hisoblangan – Filipp Jordon mamlakatimizda bo'ldi. 

Xalqaro ekspert o'z safari chog'ida Respublikamiz hududidagi xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan – A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lini, shuningdek, M-37 avtomobil yo'lining "Samarqand-Buxoro", M-39 avtomobil yo'lining "Toshkent–Samarqand" yo'nalishini, A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lini ko'zdan kechirdi.

Jarayon yakunlari bo'yicha F.Jordon qo'mita tizimidagi korxonalar mutasaddilari hamda loyiha tashkilotlari ishtirokida o'z taqdimotini o'tkazdi. Shuningdek, yo'llarda termoplastik chiziqlar yotqizish, yo'l chegaralarini, reflektor hamda ustunlarni yaxshilash va boshqa masalalarda o'z tavsiyalarini berdi. 

Ma'lumot o'rnida aytish lozimki, Osiyo taraqqiyot banki – O'zbekistondagi yo'l qurilishi va rekonstruktsiyasi bo'yicha yirik sheriklardan biri hisoblanadi. 

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali