Logo

OTB bilan hamkorlik

335 22-Noyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 363 Kb)


Qator yillar mobaynida Osiyo taraqqiyot bankining investitsiyalari O'zbekistondagi talay sohalar qatori, avtomobil yo'llari qurilishi va ta'mirida ham muvaffaqiyatli joriy etib kelinmoqda. 

Xususan, bugungi kunda mazkur xalqaro moliyaviy institutning – mamlakatimizdagi A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 87 km qismida (150 mln. AQSh dollari) hamda "Qarshi-Shahrisabz-Kitob" avtomobil yo'lining 77 km qismida (198 mln. AQSh dollari) rekonstruksiya ishlari uchun – umumiy hisobda jami 348 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag'lari jalb etilgan. Ayni vaqtda yangi loyihalar ham ko'rib chiqilmoqda.


Poytaxtimizdagi "Miran" mehmonxonasida, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida tashkil etilgan seminar ham – hamkorlik dalili. Seminarning birinchi kuni – "Yo'llarni baholash bo'yicha xalqaro dasturlar"ga hamda ikkinchi kuni esa "Intellektual transport tizimlari" mavzulariga bag'ishlandi.

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'yicha yiliga 1 milliondan ziyod inson – sodir bo'layotgan yo'l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko'z yummoqda. Achinarlisi, bu raqam yildan-yilga kamayib borayotgani yo'q.


O'tkazilgan seminarning asosiy maqsadi – yo'l harakatlaridagi xavfsizlikni baholash darajasini o'rganish va tahlil qilish, yo'llardagi xavfsizlikni oshirish bo'yicha investitsion rejalarni ishlab chiqish, yo'l sohasiga intellektual transport tizimlarini joriy etish kabi masalalarni muhokama etishdan iborat bo'ldi. 

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali