Logo

"Olmazor tajriba-mexanika, ta'mirlash-yordamchi korxonasi" unitar korxonasi

27-Fevral, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 28 Kb)

"Olmazor tajriba-mexanika, ta'mirlash-yordamchi korxonasi" unitar korxonasi

Murodov Iskandar Teshaevich
Qabul kunlari: Seshanba - Payshanba soat 09:00 - 10:00

Toshkent vil.  Yangiyul tumani Xo'jaovul aloqa bo'limi, 110818

Mo'ljal: 4-GES,32-maktab  

Transport: 
Yangiyo'ldan Xo'jaobod avtobusi №293

(0 597) 774-72-98

(0 595) 177-28-61


"Olmazor tajriba-mexanika, ta'mirlash-yordamchi korxonasi" unitar korxonasining funksional vazifalari

  • yo'l va aerodrom qurilish ishlariga yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalar qo'llash orqali raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va yetkazib berish;
  • xar hil turdagi yo'l belgilari va elementlari, asfaltbeton, tovar-beton, temir-beton konstruktsiyalari va noruda mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish;
  • tovarbeton, asfaltbeton zavodlari va yo'l qurilish texnikalarini kapital va joriy ta'mirlash, servis xizmatlari ko'rsatish, asfaltbeton zavodlarini qurish;
  • o'zi ishlab chiqargan mahsulotlarni o'zaro tuzilgan shartnomalar asosida mulkchilik shaklidan qat'iy nazar korxona, tashkilotlarga va fuqarolarga realizatsiya qilish;
  • ishlab chikarishga ilg'or tajriba, yangi texnika, texnologiya va samarali yo'l-kurilish materiallari, mehnatni tashkil etish va boshqarish soxasidagi ilg'or tajribalarni tadbiq etish;
  • ishlab chiqarishni texnikaviy va ashyoviy ta'minoti, aniq ish bajaruvchini tanlash, ish xaqi to'lashni o'rnatilgan tartib va usullarni qo'llash, ishchi xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash va o'z-o'zini boshqarish masalalarini mustaqil hal qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini bajarish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
  • avtotransport va boshqa transport vositalari xamda mexanizmlar bilan xizmatlar ko'rsatish;
  • pudrat shartnomalari bo'yicha boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ish bajarish, xizmatlar ko'rsatish;
  • korxona ishlab chikarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mehnat jamoalarining ijtimoiy xayotini yaxshilash uchun sharoitlar yaratish;
  • ulgurji, chakana savdo;
  • xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarish;
  • turli sohalarda xaq evaziga xizmat ko'rsatish;
  • foyda olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish.
Nizomni yuklab olish (pdf, 248 kb)

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali