Logo

Namanganga tashrif: markaziy va ichki yo'llar ta'miri borasidagi savollarga javob olindi

2701 6-May, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 223 Kb)


Tarixdan bizga ma'lumki, yo'llarning insoniyat taraqqiyotiga tutgan o'rni yuqori bo'lgan. Yo'l orqali xalqlar bir-biri bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan, madaniyatlar almashishgan va harbiy sohada ham zarur yutuqlarga erishilgan. Haqiqatda ham yo'lning ravon bo'lishi insonning vaqtini, iqtisodini tejaydi, uzog'ini yaqin qiladi.

Kun.uz ijodiy jamoasi 2017 yil Shavkat Mirziyoyev tomonidan O'zbekistonda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilinishi va fuqarolarning tushgan murojaatlari asosida joriy yilning 26 aprel kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Ushbu viloyat aholisidan tushgan murojaatlarning aksarida hududdagi markaziy va ichki yo'llarning ayanchli ahvolga tushib qolgani haqida so'z yuritilgan. Kun.uz mazkur masala yuzasidan Namangan avtoyo'l hududiy yo'llardan foydalanish tashkiloti direktori birinchi o'rinbosari Ikrom Ismoilov bilan suhbatda bo'ldi.


"Prezidentimiz tomonidan  2017 yil 14 fevral kuni imzolangan qarorga muvofiq 2017 yildan boshlab Namangan viloyatidagi qishloq ko'chalarining 280 kilometri qattiq qoplamaga, ya'ni tuproq yo'llarga shag'al yotqizish jarayonini boshlaymiz. Buning uchun Respublikamiz tomonidan 17 mlrd so'mdan ziyod mablag' ajratilgan. Bugunga kelib bu ishlar jada'l sur'atlarda davom ettirilmoqda. 


Namangan-Uchqo'rg'on, Namangan-Chortoq va viloyatni Toshkent shahri bilan bog'laydigan Farg'ona xalqa yo'lining ta'mirtalab bo'lib qolganiga sabab bu yo'llarni shartnoma bo'yicha ta'mirlash davri juda kech qolib ketgan. Bundan tashqari, ushbu yo'llarga asfalt yotqizish paytida uning qalinligi o'sha paytdagi mashinalarning eng og'iri (24 tonna) hisobiga olingan. Bugun zamon taraqqiy etib, mashinalar og'irligi va ko'payishi ham yo'llarning ta'mirtalab bo'lib qolishiga sabab bo'lmoqda. Bu yo'llarni ta'mirlash uchun viloyatga O'zbekiston avtomobil yo'llar Davlat qo'mitasi tomonidan 35 mlrd mablag' ajratib berildi. Ushbu yo'nalishlar bo'yicha ishlar aprel oyidan boshlab yuborildi va bu ishlar may oxiriga qadar o'z nihoyasiga yetkaziladi".


Tahririyatimizga kelib tushgan murojaatlarning yana biri Namangan shahridagi Uychi ko'chasi bo'ylab shahardagi Chorsu bozori hududida yo'l ta'mirlash maqsadida avtomobillar harakatining to'xtatilishi bilan bog'liq. Bu borada Ikrom Ismoilov quyidagi tartibda javob qaytardi:

"Bu borada viloyat aholisi tomonidan ilgari ham ko'plab murojaatlar bo'lgan. Ushbu yo'lning yopilishiga sabab bozor hududi atrofida transport vositalarining haddan ziyod oshib ketganligi, tirbandlikni vujudga keltirganligi sababli ta'mirlash ishlari sabab bo'ldi. Ushbu yo'lning ta'miri joriy yilning 15 may kuni yakunlanadi va aholiga foydalanishga topshiriladi".

Islom Ikromov yana ko'plab savollarimizga javob qaytardi va ma'lumotlar taqdim etdi. Suhbatning to'liq matnini quyidagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

kun.uz

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali