Logo

Mukofotlangan yo'lsozlar

393 28-Avgust, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 20 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 avgustda imzolangan "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi Farmoniga binoan, Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan bir guruh yo'lsozlar ham davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo'lishdi. Jumladan,

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan:

- Juraev A'zamjon Xayrullaevich - Bag'dod tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi, Farg'ona viloyati;

- Kurbanov Alim Saitkulovich - Sirdaryo ko'priklardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi, Sirdaryo viloyati

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan:

- Karimov Olim Kosimovich - Buxoro yo'llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi, Buxoro viloyati;

"Shuhrat" medali bilan:

- Ergashev Zokirjon Abdulxamitovich – "Qamchiqavtoyo'l" ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish korxonasining 257-yo'l bo'limi yuklagich haydovchisi, Namangan viloyati.

Yuksak mukofotlarga sazovor bo'lgan yo'lsozlarimizni chin dildan qutlab, ularga sog'lik-salomatlik, el-yurt manfaati va farovonligi yo'lidagi fidoiy kasblarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali