Logo

Mirzacho'lning namunali yo'llari

229 5-Noyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 2728 Kb)


Jizzax viloyatining Mirzacho'l tumanida, "Obod qishloq" davlat dasturi doirasida 23,1 km ichki hamda umumiy foydalanuvda bo'lgan yo'llar to'liq asfaltlashtirildi. Bu esa – yo'lsozlar tomonidan so'nggi oylarda tumanda amalga oshirilgan ishlarning bir qismi, xolos.

Qilingan ishlarni sarhisob qilganda – 12,6 km piyodalar yo'lakchalari barpo etilgani, 218 dona yoritish tizimlari o'rnatilgani, tuman markazidagi barcha bordyur va lotoklarning yangilangani, 5 ta avtobekat yangidan qurilgani, ko'chalarda o'rnatilgan 215 ta yangi yo'l belgilari, yo'llarning atrofi to'liq ko'kalamzorlashtirilgani hamda boshqa ishlarni ham sanab o'tish mumkin.


Jumladan, tuman markazidagi va atrof qishloqlardagi "O'zbekiston", Amir Temur, Gagarin, Taraqqiyot, Humoyun Mirzo, "Paxtakor" kabi bir necha o'nlab ko'chalar, umumiy foydalanuvdagi 4R35 "Jizzax–Paxtakor–Do'stlik–Gagarin–M-39 yo'lining 918-kilometri" hamda 4K261 avtomobil yo'llari to'liq ta'mirlandi. 





Bulardan tashqari yangidan qurilgan "O'zbek-qozoq madaniyat markazi" va Xotira maydoniga, "Mirzacho'l" tikuv majmuasiga, tumandagi "Ko'kterak" qabristoniga olib boradigan yo'llar ham to'liq asfaltlashtirilib, yo'l bo'ylari va yangi piyodalar yo'lakchalari ko'kalamzorlashtirildi. 


Yana bir yangilik. Tumanda shu paytgacha mavjud bo'lmagan – ikkita vertolyot qo'nish maydonchasi ham aynan yo'lsozlar tomonidan barpo etildi. 


Bir so'z bilan, Mirzacho'ldagi yo'l qurilishi va ta'mirlanishi – zamonaviy qishloq yo'llari qanday bo'lishi kerak, degan savolga bemalol namunali javob bo'la oladi. Shu bois bo'lsa kerak, mamlakatimizdagi yo'lsozlarning amaliy ko'rgazmali seminari ham xuddi shu yerda o'tkazildi.


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali