Logo

Kar'era kuni

609 7-May, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 426 Kb)


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimidagi Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida "Kar'era kuni-2018" mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi "2018-yilda aholi bandligiga ko'maklashish davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida o'tkazilgan tadbir kadrlarga buyurtma bergan ish beruvchi korxona, tashkilotlar bilan bakalavriat hamda magistratura bosqichlari bitiruvchilari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalar o'rnatishga ko'maklashish maqsadida o'tkazildi. 


Tadbirda O'zbekiston  Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimidagi korxona va tashkilotlar, shuningdek, O'zbekiston avtomobil transporti agentligi, "Toshshahartransxizmat" AJ, Angren logistika markazi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati kabi mulkchilikning turli shakllaridagi 60 dan ortiq kompaniya va firma bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.


Ta'kidlash kerakki, institutni 2017-2018-o'quv yilida 6 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha 515 nafar talaba, 6 ta magistratura mutaxassisliklari bo'yicha 32 nafar talaba bitirishadi. Shu kunning o'zida tadbirda qatnashgan tashkilotlar bilan bitiruvchilarning 70 foizdan ortig'i bilan shartnomalar tuzildi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali