Logo

"Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturi bo'yicha qurilib, ta'mirlanadigan yo'llar

1757 21-Yanvar, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 22 Kb)


Ma'lumki, 2019-yilning 17-yanvarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "2017–2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi Farmonga imzo chekildi.

Mazkur Farmonning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat dasturiga ko'ra, mamlakatimizda 2019-yil davomida quriladigan, ta'mirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo'llarining uzunligi hamda ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablag'lar belgilandi.

Demak, joriy yil ichida mamlakatimizdagi 46,2 km xalqaro, 18,7 km davlat ahamiyatidagi, 60 km namunaviy qishloq aholi punktlari va xizmat uylari, shuningdek, 65 km erkin iqtisodiy, kichik sanoat, erkin sanoat iqtisodiy va erkin iqtisodiy farm zonalar hamda 35,6 km mahalliy yo'llarni qurish, ta'mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan – 1,7 trln so'm, Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari tomonidan esa – 94,5 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag'lar ajratilishi ko'zda tutilmoqda.

Shuni ta'kidlash lozimki, davlat dasturining alohida bo'limida – Respublikadagi shahar ko'chalari va boshqa aholi punktlarining ichki yo'llarini kapital va joriy ta'mirlash ham ko'zda tutilgan bo'lib, ular alohida manzilli dasturlar asosida olib boriladi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali