Logo

"Elektron hukumat" tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oldida turgan dolzarb masalalari muhokama qilindi

8791 18-Mart, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 12 Kb)

2016 yil 18 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan "Elektron hukumat" tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oldida turgan dolzarb masalalar" mavzusida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning iyun oyida kuchga kiradigan O'zbekiston Respublikasining "Elektron hukumat to'g'risida"gi qonunining mazmun- mohiyatini keng targ'ib qilish, keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish, davlat idoralari oldida turgan vazifalarni belgilab olish maqsadida bugungi kunda qo'shma rejali chora-tadbirlar asosida ishlar amalga oshirilmoqda.

Seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ma'sul raxbarlari va xodimlari, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitasi huzuridagi jamoat ekspert guruhi a'zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vaqillari, shuningdek keng doiradagi axborot-kommunikatsiya sohasining mutaxassislari ishtirok etdilar.

2015 yil 9 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Elektron hukumat to'g'risida"gi qonunga imzo chekishi jamiyatimizda idoralararo, idoralar va fuqarolar, tadbirkorlar o'rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro manfaatlarining mustahkam himoyalanishi, Internet tarmog'ida ta'lim-tarbiyaviy, foydali kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta o'zgarishlarning keng qamrovli yangi bosqichini boshlab berdi.

"Elektron hukumat to'g'risida"gi qonun mamlakatimizda "elektron hukumat" tizimini joriy qilish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati aniq ifodalab beruvchi me'yoriy hujjatdir. Uni amalda tatbiq etish davlat organlarining faol ishtirokini talab qiladi. Sababi davlat organlari "elektron hukumat" sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirib, mazkur yo'nalishdagi dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etishlari belgilab berilgan. Davlat idoralarining "elektron hukumat" sohasida axborot tizimlari va axborot resurslarini, shuningdek interaktiv davlat xizmatlarini ishlab chiqishi, ularning uzluksiz ishlashini ta'minlash, aholiga masofadan turib sifatli xizmat ko'rsatish qonunda belgilangan.

Seminarda xalqaro tajriba va jahon amaliyotida "elektron hukumat"ga oid qonunchilikning amalda tatbiq qilinishi, hujjat mazmun-mohiyatini fuqarolar o'rtasida targ'ib qilishning uslubiy va texnik tavsiyalari yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Qonunning maqsad hamda vazifalari, asosiy tushunchalari, "elektron hukumat" tizimining asosiy prinsiplari, uning ishini tashkillashtirish, elektron davlat xizmatlarini ko'rsatishga qo'yiladigan talablarga oid normalar qayd etilgan. Shuningdek, Qonunda "elektron hukumat" infratuzilmasi, mazkur sohadagi davlat boshqaruvi, davlat organlarining "elektron hukumat" tizimi doirasidagi o'zaro hamkorligiga oid munosabatlar tartibga solinishi belgilangan.

Qonunning asosiy vazifasi – davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta'minlash, ularning mas'uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub'ektlari bilan axborot almashishni ta'minlashning qo'shimcha mexanizmlarini yaratish. Shu bois, unda elektron davlat xizmatlarini ko'rsatishda, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro munosabatlarini tartibga solingan.

Bu esa davlat xokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tegishli normativ-huquqiy xujjatlarni o'z vaqtida va to'liq qabul qilish, elektron davlat xizmatlari reglamentlari, axborot tizimlari, axborot resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan idoraviy dasturlarni o'z vaqtida ishlab chiqish va tasdiqlashni, elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibi to'g'risidagi to'liq axborotlarni aholiga to'liq taqdim qilish, davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining rasmiy saytlari faoliyatini yanada takomillashtirishni, o'z vaqtida xizmat ko'rsatishni talab qiladi.

Elektron hukumat togrisida qonunini yuklash

Elektron hukumat togrisida qonunini yuklab olish (doc, 132 kb)

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali