Logo

Buxoro viloyatidagi 3,5 km yo'l butkul yangilandi

440 25-Iyul, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 543 Kb)


Shu kunlarda yo'lsozlar tomonidan – qadim Buxoro shahridan aeroportga olib boradigan 3 yarim kilometrlik yo'l butunlay yangilanib, foydalanishga topshirildi. 


To'la ta'mirlangan mazkur ob'ektning rasmiy nomi: 4R-69 "A" "Buxoro sh. – Buxoro parrandachilik fabrikasi – 41-temir yo'l bekati – To'dako'l dahasi – Navoiy sh." avtomobil yo'lidan – Buxoro aeroportida olib boradigan yo'lning 0-3 kilometrlari oralig'idir.

Buyurtmachi – Avtomobil yo'llari qo'mitasi tasarrufida bo'lgan "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish direktsiyasi" DUK, loyihachi tashkilot – "Yo'l-loyiha byurosi" MChJ, pudratchi esa – "Buxoro yo'l qurilish ta'mirlash" korxonasi hisoblanadi. 


Umumiy uzunligi 3 yarim kilometr hisoblangan mazkur 4 polosali yo'l ikki tomonlama qatnov qismiga ega bo'lib, kengligi 14 metrni tashkil etadi. 


Ta'mirlangan yo'lda – to'liq ravishda yoritish chiroqlari va sug'orish tizimlari ham o'rnatildi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali