Logo

"Buxoro yo'l xo'jaligi xodimlari malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot ishlab chiqarish markazi" unitar korxonasi

27-Fevral, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 41 Kb)

"Buxoro yo'l xo'jaligi xodimlari malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot ishlab chiqarish markazi" unitar korxonasi

Abdulloev Mehrillo Amrulloevich
Qabul kunlari: Seshanba-Payshnba soat 14:00-16:00

Buxoro shaxar 200126 Moxixosa qishlogi Gijduvoniy ko'chasi 272 uy

Mo'ljal: Buxoro avtomobil yo'llari xududiy bosh boshqarmasi  

Transport: 
222,7.25,37,33, 72 

(0 365) 228-52-35

(0 365) 228-52-35


"Buxoro yo'l xo'jaligi xodimlari malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot ishlab chiqarish markazi" unitar korxonasining funksional vazifalari

  • qurilish materiallari va konstruktsiyalarini sinash, avtomobil yo'llarini qurish va ta'mirlash texnologiyasini va sifatini ilmiy ekspertizadan o'tkazish;
  • loyiha - smeta, konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash;
  • mahsulotlarni iqtisod qiluvchi yangi texnologiyalar va materiallar bo'yicha izlanishlar olib borish va amaliyotga tadbiq etish bo'yicha ishlar olib borish;
  • yo'l sohasi mutaxassislarini o'qitish va malakasini oshirish, ular uchun o'quv-metodik hujjatlar va qo'llanmalar tayyorlash, axborot-noshirlik, konsalting xizmatlari ko'rsatish, injenering, vositachilik, dilerlik va boshqa xizmatlarni bajarishda yordam berish;
  • yo'l sohasiga tegishli Respublika va xalqaro miqyosdagi me'yoriy hujjatlarni, ularning tarkibiy tizimlarini, muhandislik, iqtisodiy va moliyaviy ta'minot asoslarini o'rganish va ularni taqqoslash, hamda amaldagi me'yoriy xujjatlarni takomillashtirish bo'yicha, jahon ilg'or amaliyotini mahalliy sharoitlarda tadbiq etish bo'yicha takliflar kiritish;
  • yo'l xo'jaligini yuritishning ilmiy asoslangan, tejamkor hamda unumli usullarini ishlab chiqish va ular bo'yicha vakolatli tashkilotlarga takliflar kiritish;
  • avtomobil yo'llari holatini va transport foydalanish darajalarini o'rganish, ularni xatlovdan o'tkazish va pasportlashtirish, ulardagi transportlar qatnovini va tezligini hisobga olish, hamda axborot va ma'lumotlar bankini tashkil qilish, yo'llardan foydalanish loyihalarini tayyorlash;
  • xarakat xavfsizligi xizmatini tashkil qilish bo'yicha xujjatlar ishlab chiqish va amalga tadbiq qilishga ko'maklashish;
  • xarakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha dasturlar, loyihalar va takliflar ishlab chiqish;
  • avtomobil yo'llarini saqlash, ta'mirlash va qayta qurish ishlarini, hamda yo'l tarmoqlarini takomillashtirish va rivojlantirishni texnik va iqtisodiy asoslab berish, ularni joriy va istiqbol reja hamda kontseptsiyalarini ishlab chiqish, yo'l tarmog'ini ilmiy-texnikaviy rivojlantirishdagi ustuvor yo'nalishlarini aniqlash, qo'shma ilmiy-texnikaviy dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga tadbiq qilish;
  • diagnostika qilish ishlarini amalga oshirish;
  • avtomobil yo'llari va undagi inshootlarni loyihalash, ekspertizadan o'tkazish, yo'l ishlarini ilmiy ekspertizadan o'tkazish, yo'l qurilish materiallari bahosi va yo'l ishlari smetalarini ishlab chiqish, ularni amalda qo'llash bo'yicha qo'llanmalar yaratish;
  • avtomobil yo'llarini estetik va me'moriy bezash loyixalarini ishlab chiqish va izlanishlar olib borish;
  • avtomobil yo'llarida favqulodda sodir bo'ladigan tabiiy ofatlarni oldini olish bo'yicha loyiha va texnik-muxandislik takliflarini tayyorlash;
  • korxona va tashkilotlarda yo'l sohasi bo'yicha laboratoriyalar tashkil qilish va laboratoriya xizmatlarini ko'rsatish;
  • korxona va tashkilotlar, hamda laboratoriyalarda ishlatilayotgan o'lchov va sinov asbob uskunalarga metrologik xizmatini tashkil qilish;
  • avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ta'mirlash ishlarida, qurilish materiallari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarishda, xom-ashyo va maxalliy materiallar va gruntlar xossalarini aniqlab berish, tosh va qum kar'erlarini, ABS, SBS kadastrini, texnologik reglamentlarini ishlab chiqish;
  • ilmiy-tekshirish va tajriba sinov ishlarini olib borish, iqtisodiy samarador, xom ashyo va yonilg'i tejamkor material va konstruktsiyalar, xamda texnologiyalar ishlab chiqarish bo'yicha izlanishlar olib borish va ularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish, mahalliy va ishlab chiqarishni ikkilamchi maxsulotlarini to'liq va samaradorli ishlatishni yo'lga qo'yish;
  • avtomobil yo'llarini ta'mirlash va qurish ishlariga yangi texnika, kichik yo'l qurish mexanizmlari, jixozlari, uskunalari va texnikalarni tadbiq qilish, xorijiy jixozlar va texnologiyalar sotib olish bo'yicha texnik iqtisodiy asoslash loyihasi va tender hujjatlarini tayyorlash bo'yicha konsalting xizmatlarini ko'rsatish;
  • atrof-muhit muhofazasi va texnik xavfsizlik xizmatlarni tashkil qilish bo'yicha loyixalar ishlab chiqish va takliflar kiritish;
  • ko'priklarni loyihalash, pasportlash va sinovdan o'tkazish ishlarini amalga oshirish;
  • qurilish va loyiha ishlari uchun muxandislik qidiruv, geodeziya ishlarini olib borish va yo'l kadastrini yuritish;
  • tarmoqda axborot-noshirlik, maslaxat, injenering, vositachilik va boshqa xizmatlarni bajarish;
  • haydovchilik kurslarini tashkil qilish, haydovchilik guvohnomalarini litsenziya asosida berish;
  • belgilangan tartibda chet el grantlari va investitsiyalarini yo'l soxasiga jalb qilish;
  • tashki iqtisodiy faoliyat yuritish;
  • foyda olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish.

nizomni yuklab olish (pdf, 260 kb)

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali