Logo

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tomonidan "Markaziy Osiyo xalqaro transport tizimida: strategik istiqbol va amalga oshirilmagan imkoniyatlar" mavzusida Xalqaro konferentsiya tayyorgarlik ko'rish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida MA'LUMOT

2960 15-Sentyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 11 Kb)

Joriy yilning 20-21 sentyabr kunlari Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo xalqaro transport tizimida: strategik istiqbol va amalga oshirilmagan imkoniyatlar" mavzusida Xalqaro konferentsiya o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Ushbu xalqaro konferentsiyani ko'tarinki yuqori saviyada va unga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida qo'mita tomonidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Mazkur chora-tadbirda xar bir band bo'yicha mas'ullar belgilangan va ular tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xalqaro konferentsiyaga yo'l qurilishi va eksplutatsiyasi sohasidagi chet el xamkorlarining 50 kishilik ro'yxati shakllantirildi va Tashqi ishlar va Tashqi savdo vazirliklariga taqdim etildi. 

Xalqaro yo'l federatsiyasi vakillarini, TRASYeKA Xukumatlararo komissiya bosh kotibi, Xalqaro yo'l assotsiyasining bosh kotibi, Osiyo taraqqiyot bankining ekspertlarini, Singapur transport va kommunikatsiya vazirligi, Yaponiya, Germaniya, Turkiya va O'rta Osiyo va yo'l sohasidagi kompaniyalarining top menedjerlari shular jumlasidandir.

Konferentsiyaga tayyorgarlik materiallarida yo'l sohasida olib borilayotgan ishlar, xalqaro marshrutlar, ularni yanada rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, yangi xalqaro marshrutlarini ochish, avtomobil yo'llari xolatlari hamda yo'llarni ta'mirlash uchun xalqaro moliya institutlar bilan olib borilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumotlar o'rin olgan.

Xalqaro konferentsiya puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida Tashqi savdo vazirligi boshchiligida Operativ shtab tashkil etildi. Ushbu shtabga tashkiliy ishlarni tashkil etish maqsadida qo'mita tomonidan 4 nafar hodim ajratildi.

Bugungi kunga qadar taklif etilgan mehmonlardan 27 tasi Xalqaro konferentsiyada ishtirok etishini tasdiqladilar va konferentsiyani o'tkazish bo'yicha yaratilgan saytdan ro'yxatdan o'tdilar.

Konferentsiya doirasidagi 3-chi sektsiya majlisida Mustaqil davlatlar hamdo'stligining xukumatlaro yo'lchilar kengashi kotibiyati boshliqi professor B.Karimovning "Mustaqil davlat xamdo'stligi davlatlarida yo'lovchi va yuk tashishda xalqaro avtomobil yo'llari" mavzusida ma'ruza qilishi kutilmoqda. 

Bu bilan birga, TRASYEKA hukumatlarro komissiyasi bosh kotibi Mircha Chiopra va Singapur transport vaziri o'rinbosari Kelvin Fua yuqorida ko'rsatib o'tilgan sektsiya majlisida o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishganini ma'lum qilganlar.


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali