Logo

Andijonlik yo'lsozlar faoliyatidan

824 2-Oktyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 64 Kb)


Andijon viloyati buyicha jami 12503 km avtomobil yo'llari mavjud bo'lib, ularning 2463 km qismi – umumfoydalanuv avtomobil yo'llari, 10040 kilometr qismi esa – ichki xo'jalik yo'llari hisoblanadi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi "2017-2018-yillarda hududiy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi qaroriga asosan viloyatda 2017-yil davomida 160 km uzunlikdagi mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash ko'zda tutilgan edi. 

Mazkur qaror ijrosi mobaynida 2017-yilning 1-oktyabr holatida o'tgan yilga nisbatan 3 baravar ko'p, ya'ni 291,3 km uzunlikdagi ichki xo'jalik yo'llarini ta'mirlashga erishildi. Viloyat miqyosidagi tasdiqlangan manzilli ro'yxatga asosan 250 km uzunlikdagi tuproq yo'llar – shag'alga o'tkazilgan bo'lsa, 41,3 km uzunlikdagi yo'llar to'liq asfaltlashtirildi.


Bundan tashqari, viloyat avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi boshlig'i R.Husanovning ma'lumot berishicha, Andijon shahridagi – Furqat ko'chasida 1,75 km, Lomonosov ko'chasida 0,76 km, Lermontov ko'chasida 1,6 km, Mashrab ko'chasida 1,6 km, Mangulik ko'chasida 0,6 km, jami 6,31 km yo'llar to'la ta'mirlandi. Bugungi kunda 1,18 km uzunlikdagi Shevchenko ko'chasida to'la ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali