Logo

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-sonli qarori (Investitsiya dasturi) asosida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va qayta qurish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2775-sonli "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish to'g'risida"gi qarorlarini ijrosi bo'yicha ma'lumot.

9379 20-Iyul, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 12 Kb)

2018 yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar



     Investitsiya dasturi bo'yicha:
     O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3507-sonli qarori (Investitsiya dasturi) asosida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va qayta qurish ishlarida jami 218,7 mlrd. so'mlik yo'l ishlari bajarilib, 97,7 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi. Jumladan:
     A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 698-753 km, 916-964 km qismilarini rekonstruktsiya qilish ob'ekti bo'yicha 16 km avtomobil yo'li rekonstruktsiya qilindi;
     A-373 "M-39 a/y-Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon va Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining 385-405 km qismini rekonstruktsiya qilish ob'ekti bo'yicha 5 km avtomobil yo'li rekonstruktsiya qilindi;
     A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 315-355 km qismini rekonstruktsiya qilish ob'ekti bo'yicha 40 km avtomobil yo'li rekonstruktsiya qilindi;
     Ta'mirlash dasturi bo'yicha:
     Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 82,7 mlrd. so'mlik yo'llarni mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, 21,5 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llari kapital ta'mirlandi. Jumladan:
     4R-153 "Qo'qon sh.-Mingtut q.-Aeroport-Sariqurg'on q" avtomobil yo'lining 0-3 km qismini to'la ta'mirlash ob'ekti bo'yicha 3 km avtomobil yo'li to'la ta'mirlandi;
     4R-35 "Jizzax sh.(4r38 avtoyo'li) - Paxtakor sh. - Dustlik sh. - Gagarin sh. - M39 avtoyo'li (918 km)." avtomobil yo'lining 31-34,7 km qismini to'la ta'mirlash ob'ekti bo'yicha 3,7 km avtomobil yo'li to'la ta'mirlandi.
     Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash bo'yicha:
     O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2775-sonli "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish Dasturi to'g'risida"gi qaroriga asosan 2018 yilda uzunligi 2754 km bo'lgan mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash uchun 368,0 mlrd.so'm (Respublika yo'l jamg'armasi hisobidan 178,4 mlrd.so'm, Mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan 189,6 mlrd.so'm) mablag' ajratilishi belgilab olindi.
     Belgilangan dastur asosida ob'ektlarning manzil ro'yxatlari shakllantirilib, tasdiqlandi va qaror talablaridan kelib chiqib, "Yo'l loyiha byurosi" MChJ va uning joylardagi filiallari tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ob'ektlarning ekspertiza xulosalari olindi.
     Joylardagi "Mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmati" DUK va Qo'mita tarkibidagi korxonalar o'rtasida pudrat shartnomalari tuzilib, yo'l ishlari amalga oshirilmoqda.
     Dastur doirasida joriy yilning I yarim yilligida mintaqaviy avtomobil yo'llarida jami 124,9 mlrd.so'mlik ta'mirlash ishlari bajarilib, 1 342,7 km uzunlikdagi yo'llar ta'mirlandi, bu yillik rejaning 49,0 foizini tashkil etmoqda.
     Jumladan: Qoraqalpog'iston Respublikasida - 4,8 mlrd.so'mlik ishlar bajarilib 41,0 km ichki yo'llar ta'mirlandi (yillik rejaning 28 foizi)
     Andijon viloyatida - 185,7 km ichki yo'llar 16,9 mlrd.so'mga (113 foiz)
     Buxoro viloyatida - 111,9 km ichki yo'llar 8,0 mlrd.so'mga  (50 foiz)
     Jizzax viloyatida - 48,1 km ichki yo'llar 4,0 mlrd.so'mga (43 foiz)
     Qashqadaryo viloyatida - 114,9 km ichki yo'llar 9,7 mlrd.so'mga (34 foiz)
     Navoiy viloyatida - 91,1 km ichki yo'llar 8,1 mlrd.so'mga, (84 foiz)
     Namangan viloyatida - 143,9 km ichki yo'llar 16,5 mlrd.so'mga (92 foiz) 
     Samarqand viloyatida - 111,8 km ichki yo'llar 12,2 mlrd.so'mga (46 foiz)
     Sirdaryo viloyatida - 36,7 km ichki yo'llar 3,9 mlrd.so'mga (27 foiz)
     Surxondaryo viloyatida - 173,6 km ichki yo'llar 13,0 mlrd.so'mga (64 foiz) 
     Toshkent viloyatida - 84,1 km ichki yo'llar 11,0 mlrd.so'mga (32 foiz) 
     Farg'ona viloyatida - 121,8 km ichki yo'llar 11,0 mlrd.so'mga (46 foiz) 
     Xorazm viloyatida - 64,8 km ichki yo'llar 4,1 mlrd.so'mga (40 foiz)
     Toshkent shahrida - 13,4 km ichki yo'llar 1, mlrd.so'mdan (8 foiz) ortiq ichki xo'jaliklararo mintaqaviy avtomobil yo'llarida ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
     Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish monitoringi boshqarmasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmalari tomonidan dastur doirasida ichki avtomobil yo'llarini ta'mirlash bo'yicha belgilangan parametrlar ijrosini o'z vaqtida va to'liq ta'minlashning borishi yuzasidan kunlik monitoring olib borilmoqda.
    


    

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali