Logo

O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi to'g'risida nizom

732 Chop etish Yuklab olish (23 Kb)

I. Umumiy qoidalar

 

1. O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi faoliyatini o'z vaqtida va xolisona yoritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishmaqsadida O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillari vakillikva Qo'mita huzurida akkreditatsiya qilinadi.

2. Ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan vakillarining (keyingio'rinlarda "muxbirlar" deb ataladi) huquqiy maqomi va kasb faoliyati printsiplariO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida","Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasiqonunlari, mazkur Nizom hamda akkreditatsiya qiladigan organlarning nizomlari bilanbelgilanadi.

 

II. Akkreditatsiya qilishning asosiy tushunchalari va printsiplari

 

3. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

muxbir — mehnat shartnomalari va boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviyaxborot vositalari tahririyatlari uchun xabarlar va materiallarni qidirish, to'plash,qayta ishlash va tayyorlash kasbi bilan shug'ullanadigan jismoniy shaxs;

akkreditatsiya — muxbirning vakolatlarini Qo'mita tomonidan e'tirof etish tartibotibo'lib, uning natijalariga ko'ra Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalaridayoritish uchun ommaviy axborot vositasi (keyingi o'rinlarda "tahririyat" deb ataladi)vakilining o'z sohasini bilishini tasdiqlovchi akkreditatsiya qilish to'g'risidagiguvohnomani beradi;

akkreditatsiya qiluvchi organ — akkreditatsiya tartibotini tashkil etadigan,akkreditatsiyani o'tkazadigan Qo'mita.

4. Akkreditatsiya uni o'tkazishga jalb etilgan mutaxassislarning o'z ishinipuxta bilishi va muxbirlarning mustaqilligi printsiplariga asoslanadi.

Akkreditatsiya ni o'tkazishda o'z ishini puxta bilish kadrlarni tegishli ravishdatanlash, akkreditatsiya tartibotida qatnashadigan ekspertlarni tayyorlash tizimiva, zaruriyat bo'lganda, bilimlarning alohida sohalari bo'yicha mutaxassislarnijalb etish yo'li bilan ta'minlanadi.

Mustaqillik akkreditatsiya tartibotida akkreditatsiya to'g'risida qaror qabulqilinishiga biror-bir moliyaviy, ma'muriy yoki boshqacha ta'sir ko'rsatishdan holibo'lgan tashkilotlar va ekspertlar, mutaxassislarning qatnashishi bilan ta'minlanadi.

5. Muxbirning akkreditatsiya qilinishida uning o'z ishini puxta bilishini aniqlashmezoni Qo'mita va ommaviy axborot vositalari vakili faoliyatining o'ziga xosligihisobga olingan holda, Qo'mitaning normativ hujjatlari bilan belgilanadi.

6. Qo'mita huzurida o'z muxbirini akkreditatsiya qilish huquqiga rasmiy ravishdaro'yxatdan o'tkazilgan ommaviy axborot vositalari egadir.

 

III. Muxbirlarni akkreditatsiya qilish

 

7. Qo'mita huzurida ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilishuchun tahririyat o'zining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qo'yilgan,muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi.

8. Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:

ommaviy axborot vositasining nomi va turi;

ixtisoslashuvi;

tarqalish hududi;

elektron pochta manzili;

tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;

akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;

kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o'zi bilan birga olib yurishizarur bo'lgan apparatlar.

Buyurtmanomaga batafsil ma'lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oidma'lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjudbo'lgan ma'lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to'rtta fotosurat ilova qilinadi.

9. Muxbirni akkreditatsiya qilish to'g'risidagi buyurtmanoma Qo'mita tomonidantegishli murojaat olingan kundan boshlab bir oy mobaynida ko'rib chiqiladi.

10. Akkreditatsiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan Qo'mita bilanbirgalikda belgilanadi.

11. Akkreditatsiya tartiboti quyidagi asosiy tadbirlardan iborat bo'ladi:

buyurtmanomani va taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish;

muxbirlarni attestatsiyadan o'tkazish;

akkreditatsiya qilish to'g'risida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish to'g'risidaqaror qabul qilish, akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnomani rasmiylashtirish vaberish.

12. Ommaviy axborot vositasi tahririyati tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarva hujjatlarni ko'rib chiqishni Qo'mita tuzadigan ekspert guruhi amalga oshiradi.Hujjatlarni ko'rib chiqish natijalari ariza tushgan paytdan boshlab o'n kun muddatdaekspert xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.

13. Attestatsiyani Qo'mita tomonidan rasmiyravishda tuziladigan komissiya o'tkazadi. Komissiya tarkibi va attestatsiyani o'tkazish muddatlari tahririyat bilan kelishilishi kerak. Tahririyat komissiyaningayrim a'zolari ishtirok etishi va attestatsiya o'tkazilishi muddatlari yuzasidan e'tiroz sabablarini asoslagan holda taklifbildirishga haqlidir.

Komissiya attestatsiyani Qo'mitatasdiqlagan dasturga muvofiq o'tkazadi. Muxbirning kasbiy sifatlari va layoqatinitavsiflash bo'yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish natijalari to'g'risidagiekspert xulosasi, shuningdek ekspertiza va attestatsiya jarayonida olingan boshqa axborotlar attestatsiya komissiyasining qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. Attestatsiya natijalari attestatsiya dalolatnomasibilan rasmiylashtiriladi.

14. Qo'mita attestatsiya dalolatnomasiniko'rib chiqish natijalari asosida muxbirni akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiyaqilishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Ommaviy axborot vositalari muxbirlarini akkreditatsiya qilish to'g'risidagibuyurtmanoma mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan ko'rib chiqiladi.

15. Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda Qo'mita qaror qabul qilingandan keyinbir hafta muddatda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha O'zbekiston Respublikasiommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish to'g'risidagi guvohnomanirasmiylashtiradi va beradi.

16. Qo'mita akkreditatsiya qilingan muxbirga 2 yilgacha muddatda amal qiladiganakkreditatsiya to'g'risida guvohnoma beradi.

Akkreditatsiya qilish to'g'risidagi guvohnoma Qo'mita reestrida ro'yxatdan o'tkazilgansanadan boshlab amal qiladi.

17. Akkreditatsiyaga taalluqli barcha hujjatlar (buyurtmanomalar, qarorlar,dalolatnomalar, akkreditatsiya qilish to'g'risidagi guvohnoma va shu kabilar) davlattilida rasmiylashtiriladi.

18. Qo'mita O'zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari yoki mazkur Nizomasosida jurnalistni akkreditatsiya qilishni rad etishi mumkin. Qo'mita bunday qarorningsabablari to'g'risida uch kun muddatda ommaviy axborot vositasi tahririyatini yozmashaklda xabardor qiladi.

19. Zarur hollarda Qo'mita huzurida vaqtinchalik yoxud doimiy muxbirlik punktlaritashkil etilishi mumkin.

 

IV.Akkreditatsiya qilingan muxbirlarning asosiy huquqlari va majburiyatlari

 

20. Akkreditatsiya qilingan muxbirlar kasb faoliyati davrida O'zbekiston Respublikasiqonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarnibajaradilar.

Qo'mita muxbirni majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar to'g'risida oldindanxabardor qiladi, stenogrammalar, protokollar va boshqa hujjatlar bilan ta'minlaydi.

21. Akkreditatsiya muxbirning rasmiy shaxslar tashriflari davridagi tadbirlardabevosita qatnashishini kafolatlamaydi. O'zbekiston Respublikasining yoki xorijiydavlatlarning rasmiy shaxslari tashriflari vaqtida muxbirlarni maxsus akkreditatsiyaqilish tartibi qonun hujjatlari, shuningdek ushbu tadbirni tayyorlash va o'tkazishuchun mas'ul xizmatlar talablariga binoan belgilanadi.

22. Akkreditatsiya qilingan muxbir quyidagi huquqlarga ega:

bo'lajak majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar to'g'risida oldindan axborotolish;

Qo'mitaning binolari (xonalari) va ob'ektlariga tegishli guvohnoma (ruxsatnoma)asosida, Qo'mita tomonidan belgilangan tartibda kirish;

uni Qo'mita tomonidan o'tkaziladigan majlislar, yig'ilishlar, brifinglar (matbuotkonferentsiyalari) va boshqa tadbirlarda qatnashish, yopiq tadbir o'tkazilishi to'g'risidaqaror qabul qilingan hollar bundan mustasno;

Qo'mitaning mas'ul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni so'rash vaolish, kirish erkin bo'lgan tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish va ulardan nusxaolish;

yozuvlardan, matnli materiallar tayyorlashda, akkreditatsiya qilingan ommaviyaxborot vositalarining tele-, radiodasturlarida foydalanish;

audio-, video- yoki kinosuratga olish, ovoz yozish uchun zarur bo'lgan texnikapparatlardan, shuningdek kompyuter texnikasi vositalaridan faqat Qo'mitaning faoliyatiniyoritish maqsadlarida foydalanish.

23. Akkreditatsiya qilingan muxbir quyidagilarga majbur:

Qo'mitaning binosida bo'lishda uning ichki tartib-qoidalariga va ishlarini tashkiletish talablariga rioya qilish;

o'zi ishtirok etayotgan tadbirlarning o'tkazilishiga aralashmaslik (agar tadbirmatbuot uchun maxsus tashkil etilmagan bo'lsa);

Qo'mitaning faoliyati to'g'risida xolisona axborot berish;

maxsus tadbirlarni o'tkazish qoidalariga rioya qilish;

Qo'mitaning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish to'g'risidagiqonun hujjatlariga muvofiq boshqa talablarni bajarish.

 

V.Muxbirning akkreditatsiyasini to'xtatish va uni akkreditatsiyadan mahrum qilishtartibi

 

24. Quyidagilar akkreditatsiyaning to'xtatilishi uchun asos hisoblanadi:

muxbirning tahririyatdan ishdan bo'shatilishi (ushbu holda tahririyat boshqavakilni akkreditatsiya qilish to'g'risidagi ariza bilan Qo'mitaga murojaat qilishgahaqlidir);

muxbir vakili bo'lgan ommaviy axborot vositasi faoliyatining to'xtatilishi;

tahririyat rahbariyati tomonidan muxbirni Qo'mitaning faoliyatini yoritishdanchetlatish to'g'risida qaror qabul qilinishi (rasmiy bildirishnoma asosida).

25. Muxbir amaldagi qonun hujjatlarini va mazkur Nizomni muntazam ravishda buzganda akkreditatsiyadanmahrum etilishi mumkin.

26. Muxbirni akkreditatsiyadan mahrum etish to'g'risidagi qaror Qo'mita tomonidanqabul qilinadi. Qaror asoslangan, yozma shaklda rasmiylashtirilgan, ommaviy axborotvositalari to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan dalillangan bo'lishi kerak.

Qo'mita akkreditatsiyadan mahrum qilingan muxbirning tahririyatiga qaror qabulqilingan vaqtdan boshlab besh kun muddatdan kechikmay rasmiy bildirishnoma yuboradi.Bunday qaror kuchga kirgan vaqtdan boshlab akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnomahaqiqiy emas deb hisoblanadi va u tahririyat tomonidan Qo'mitaga qaytarilishi kerak.

 

VI. Yangi muddatga akkreditatsiya qilish

 

27. Akkreditatsiya qilingan muxbirni yangi muddatga akkreditatsiya qilish akkreditatsiyato'g'risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin tahririyat tomonidantaqdim etilgan buyurtmanoma asosida o'tkaziladi.

28. Tahririyat Qo'mitaga akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnomaning amal qilishmuddati tugashidan bir oy oldin buyurtmanoma berishi kerak.

Yangi muddatga akkreditatsiya qilish akkreditatsiya qilingan muxbirning oldingiakkreditatsiyasi davridagi benuqson faoliyatini hisobga olgan holda soddalashtirilgantartibot bo'yicha amalga oshirilishi mumkin.

 

VII. Texnik xodimlar va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar

 

29. Tarjimonlar, teleoperatorlar, fotomuxbirlar, tele-, kino- va videoapparatlarga,aloqa vositalariga xizmat ko'rsatuvchi mutaxassislar tahririyatning muxbirlargabiriktirilgan texnik xodimlari bo'lishi mumkin.

30. Akkreditatsiya qilingan muxbirlar texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarniishga yollashi mumkin.

Jalb etiladigan texnik xodimlarning shaxsiy tarkibi Qo'mita bilan kelishiladi.Ularga o'z faoliyatini amalga oshirishlari uchun Qo'mita tomonidan tegishli guvohnomaberiladi.

31.Akkreditatsiya qilingan muxbirningtexnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlariga jurnalistlik faoliyati bilan shug'ullanishtaqiqlanadi.

 

VIII. Yakunlovchi qoidalar

32. Qo'mita huzuridagi akkreditatsiyani amalga oshirish tartibi bilan bog'liqnizoli masalalar paydo bo'lgan taqdirda manfaatdor tomon qonun hujjatlarida belgilangantartibda ular yuzasidan sudga shikoyat qilishi mumkin.

         33. Qo'mita va ommaviy axborot vositalarining muxbirlarimazkur Nizom hamdaommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablarigarioyaqilinishi uchun javob beradilar.

"O'zavtoyul" AK Boshqaruvi raisi va o'rinbosarlari tomonidan 2016 yil I yarim yilligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarining sayyor kabullarini o'tkazish JADVALI

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali