Logo

Mirzaxidov Xurshid Mirsabirovich

2734 Chop etish Yuklab olish (10 Kb)


25.07.1971 yil Toshkent shahrida tug'ilgan

Millati - o'zbek

Ma'lumoti oliy. 1995 y. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (kunduzgi)

2004 y. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshida oliy biznes maktabi

Mutaxassisligi: radioaloqalar, radieshittirish va televideniyamuhandisi

Ilmiy darajasi: tijorat boshqarish magistri

 

MEHNAT FAOLIYATI

 

1994-1999 yy. - Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxonalarda turli lavozimlarda ishlagan (Aloqa vazirligi, O'zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi)

1999-2001 yy. - Pochta va telekommunikatsiyani rivojlanishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasining moliya bo'limi boshlig'i va Jamg'armaning direktori

2001-2002 yy. - "O'zbektelekom" AK Bosh direktori o'rinbosari

2002-2003 yy. - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aloqa va axborot texnologiyalari kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri

2003-2004 yy. - O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o'rinbosari

2004-2004 yy. - "O'zbektelekom" AK Bosh direktori o'rinbosari

2004-2006 yy. - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

2006-2009 yy. - "O'zprommashimpeks" davlat aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi

2009-2010 yy. - O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o'rinbosari

2010-2012 yy. - O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o'rinbosari

2012-2012 yy. - O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori

2012-2015 yy. - O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi raisi

2015-2017 yy. - O'zbekiston Aloqa, axborotlashtirishva telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vaziri

2017-2017 yy. - O'zbekiston milliy teleradio kompaniyasi (O'zteleradio) raisi

2017 y. - h.v. - O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi avtomobil yo'llarini ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo'yicha rais o'rinbosari – "O'zyo'lko'kalamzolashtirish" unitar korxonasi direktori

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali