Logo

Qo'mita

9274 Chop etish Yuklab olish (127 Kb)

O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF 4954-sonli "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga hamda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ 2776-sonli "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatlarini tashkil etish to'g'risida"gi Qarori

ga asosan tashkil topgan.

Avtomobil yo'llarini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatlarga ega bo'lgan davlat organi sifatida Davlat qo'mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 

avtomobil yo'llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish; 

avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; 

avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish; 

zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; 

xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ulardan transportda foydalanish darajasi yuqori bo'lishini ta'minlash; 

ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish; 

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sifat standartlariga rioya etilishini ta'minlash; 

avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish. 

Farmonda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo'l-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat olib boradigan Davlat inspeksiyasini tashkil etish nazarda tutilgan. 

Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari hisoblanadi: 

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo'l qurilishi ishlarida, yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish; 

qurilishi tugallangan yo'l obyektlarini foydalanishga qabul qilish bo'yicha komissiyalar ishida qatnashish; 

yo'l qurilishi bo'yicha shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish; 

yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish. 


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali