Logo

Международные отношения

9952 1 янв., 2015 Распечатать Скачать (PDF 90 Kb)

Jaxon transport yo'laklariga integratsiyalashtirish

O'zbekistonning geografik joylashuvi yuklar va yo'lovchilarni eng qisqa yo'l orqali, dengiz portlarini ham kiritgan holda, deyarli barcha yo'nalishlarda tranzit tashish ishlarini amalga oshirishga imkon beradi.

O'zbekiston Respublikasi avtomobil transporti va avtomobil yo'llari sohasida bir nechta halqaro konventsiyalar, bitimlar va kelishuvlarning ishtirokchisi, shuningdek milliy transport kommunikatsiyalarini takomillashtirish va xalqaro transport tizimiga integratsiyalash bo'yicha halqaro tashqilotlar tomonidan ishlab chiqilayotgan qator dasturlarning faol ishtirokchisi hosoblanadi.

Respublika hududi orqali Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Yevropa davlatlari, Kavkaz, Afgoniston, Pokiston, Eron, Turkiya va Xitoy xalq Respublikasiga qaratilgan 20 ta halqaro transport yo'nalishlari o'tadi.

Xalqaro tashqilotlar, ShOS, ESKATO, YeEK OON. ning hududiy integratsion tuzilmalari va boshqa xalqaro tashqilotlar bilan xalqaro transport yo'nalishlaridan foydalanish borasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo'yicha ishlar , shuningdek xalqaro moliya institutlarini yo'l kurilishining yirik loyixalarini moliyalashtirishga jalb qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, xalqaro transport yo'laklariga integratsiyalash va tashqi savdo yuklarini transportirovka qilish uchun muqobil transport yo'laklaridan samarali foydalanish maqsadida Navoiy shahrida "quruqlik porti" ko'rinishida yaratilgan xalqaro logistika markazi, "quruqlik porti"dan G'arbiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDX, Yevropa davlatlari va Xitoy, Yaponiya, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo davlatlari o'rtasidagi yuklarni tashish yo'nalishlarida transkontinental transport-foydalanish tugun sifatida keng foydalangan holda avtomobil, temiryo'l va aviatsiya transportining bir-birini samarali o'zaro to'ldiradigan transport-foydalanish xizmatlarini ta'minlab bermoqda.

Xozirgi vaqtda O'zbekistonning tashqi savdo yuk tashish ishlari quyidagi asosiy transport yo'laklari orqali amalga oshirilmoqda:

1 yo'lak - Baltikabuyi davlatlarining portlari yo'nalishida (Qozogiston va Rossiya orqali tranzit) - Klaypeda (Litva), Riga, Liepaya, Ventspils (Latviya), Tallin (Estoniya);

2 yo'lak - Yevropa Ittifoqi davlatlar yo'nalishida, Belarus va Ukraina orqali (Qozogiston va Rossiya orqali tranzit) - Chop (Ukraina) va Brest (Belarus) chegaraoldi o'tish joylari;

3 yo'lak - Ukrainaning Ilichevsk portiga (Qozogiston va Rossiya orqali tranzit), Qora dengizga chiqish bilan;

4 yo'lak - Transkavkaz yo'lagi yo'nalishida (Turkmaniston, Qozogiston va Ozarbayjon orqali tranzit), Qora dengizga chiqish bilan, TRASYeKA yo'lagi sifatida mashhur;

5 yo'lak - Eronning Bandar-Abbos portiga (Turkmaniston orqali tranzit) Fors qo'ltig'iga chiqish bilan;6 yo'lak - sharkiy yo'nalishda qozoq-xitoy chegara o'tish joylari (Dostik/Alalshankou) orqali Xitoyning sharqiy portlarigacha, shuningdek Uzoq Sharqning Naxodka, Vladivostok va boshqa portlarigacha;

7 yo'lak - Xitoy portlariga (Qirgiziston orqali tranzit) Sariq Sharqiy- Xitoy va Janubi-Xitoy dengizga chiqish bilan;

yo'lak - Eron va Pokistonning Bandar-Abbos, Chaxbaxor (IRI), Gvadar va Karachi (IRP) Afgoniston orqali tranzit bilan janubiy muqobil transport yo'laklarini ishlab chiqishning yangi istiqbollari ochilmoqda.

Интерактивные услуги

Единый портал интерактивных государственных услуг