Logo

Члены совета

5468 Распечатать Скачать (91 Kb)

"O'zavtoyo'l" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan organlar to'g'risida ma'lumot

"O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi va Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi ijro etuvchi direktsiyasining qo'shma buyrug'iga asosan "O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi va Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi hamkorlikdagi ilmiy-texnik Kengashi tuzilib, uning tarkibi tasdiqlangan.


Kengashga o'z faoliyati davomida quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash loyiha-smeta hujjatlariga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish va qaror qabul qilish;
  • yo'l ishlari dasturiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish lozim bo'lgan taqdirda rahbariyatga takliflar kiritish;
  • amalga oshiriladigan yo'l ishlarini xalqaro andozalar darajasida amalga oshirish, yo'l xo'jaligida zamonaviy texnik va texnologiyalarni sohaga joriy etish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish va qaror qabul qilish;
  • yo'l ishlari taalluqli Hukumat qaror va qonunlarini yo'l-qurilish tashkilotlari xodimlariga yetkazish bo'yicha tashviqot-targ'ibot ishlarini olib borish va seminarlar tashkil etish.


Kengashga o'z faoliyati davomida quyidagi vazifalar yuklatilgan:

A.Amirov
"O'zavtoyo'l" kompaniyasi Boshqaruv raisi o'rinbosari – bosh muhandis, ilmiy texnik Kengash raisi
O.Ziyaev
Avtomobil yo'llari ilmiy tekshirish instituti direktori, ilmiy texnik Kengash kotibi
N.Xusanov
"O'zavtoyo'l" kompaniyasi boshqarma boshlig'i
N.Usmonov
"O'zavtoyo'l" kompaniyasi boshqarma boshlig'i

Интерактивные услуги

Единый портал интерактивных государственных услуг