Logo

IX Xalqaro sanoat yarmarkasi yakunlari bo'yicha 100 mlrd. so'mlikdan ortiq shartnomalar imzolandi

5473 November 10, 2015 Print Download (PDF 72 Kb)


O'zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2015 yil 13 martdagi "2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi vaKooperatsiya birjasini tashkillashtirish hamda o'tkazish chora-tadbirlarito'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 26 oktyabridan 5 noyabrgaqadar bo'lib o'tgan mazkur tadbirda "O'zavtoyo'l" AK tizimidagi korxona vatashkilotlar ham ishtirok etishdi.

Yarmarka doirasida "O'zavtoyo'l" AK tomonidano'tkazilgan taqdimot marosimida kompyaniya tarkibidagi korxonalarning ishlabchiqarish salohiyati, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hamko'rsatiladigan xizmatlarning istiqbollari namoyish etildi.

IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsionbirjasi yakunlariga ko'ra kompaniya tizimidagi tashkilotlar hamdaO'zbekistondagi ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida mazkur korxonalarningyo'l qurilishi va saqlashda ishlatiladigan mahsulot va texnikalarini sotibolish bo'yicha 100 milliard so'mlikdan ziyod, shuningdek, "O'zavtoyo'l"tizimidagi korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish bo'yicha qiymati 12milliard so'mdan ortiq shartnomalar imzolandi. Bu o'tgan yilda imzolangan shartnomalarganisbatan 112,4 foizni tashkil qiladi.

Kooperatsion birja doirasida sotib olinadigan,Respublikamizda ishlab chiqarilgan uskunalar, mashina mexanizmlar hamdamateriallar - bir tomondan kompaniya tizimidagi korxonalarning moddiy bazasinimustahkamlashga xizmat qilsa, boshqa tomondan lozim bo'lgan bozorinfratuzilmasini yaratib, mamlakatimizdagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlaro'rtasidagi uzoq muddatli o'zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga hissaqo'shadi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services