Logo

Bayramga bag'ishlangan tadbir

6255 September 1, 2015 Print Download (PDF 146 Kb)


"O'zavtoyo'l" anjumanlar zalida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag'ishlangan "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O'zbekistonim!" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston xalq artisti, "El-yurt hurmati" ordeni sohibasi Rixsi Ibrohimova ishtirok etdi.

            Kechani O'zavtoyo'l DAK Boshqaruvi raisi A.Abduvaliev ochib, yig'ilganlarni tobora yaqinlashib kelayotgan eng ulug', eng aziz bayramimiz – O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi bilan tabrikladi. U o'z so'zi davomida Respublikamiz iqtisodiy rivojiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelayotgan yo'lsozlarning bugungi zahmatli mehnati – bunyodkorlik hukm surayotgan, jahon sahnida o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan O'zbekistonimiz taraqqiyotiga munosib ulush bo'lib qo'shilayotgani, bugungi bunyodkorlik, barqarorlik, bayram kayfiyatining barchasiga aynan yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik sabab ekanini ta'kidladi.

Xalqimizning ardoqli san'atkori o'z chiqishida yurtimizning necha asrlik orzusi ushalgan ulug' bir ayyom asriy qonlar, juvonmarg ketgan jonlar, xalqimizning pok va kurashchan farzandlari uvol ketgan umri evaziga qo'lga kiritilgan muqaddas ne'matimiz – ozodlik ayyomimiz ekanini xalqchil, badiiy ifodalar bilan so'zlab berdi. Aynan mustaqillik sabab ma'naviyatga, madaniyatga e'tibor – davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani, bunga misol tarzida san'atkor mehnat qilayotgan O'zbek Milliy akademik drama teatrining qutlug' 100 yilligi Respublika darajasida nishonlangani haqida gapirarkan, aktrisa o'z fikrini hayotiy misollar bilan, ta'sirli izohladi. Shuningdek, yurtboshimiz tashabbusi bilan 2015 yilning "Keksalarni e'zozlash yili" deya e'lon qilingani yoshi ulug' san'atkor sifatida uni ham to'lqinlantirgani, shu boisdan ham bugungi kunda u ijtimoiy va madaniy hayotda har qachongidan ham faol bo'lib yurganini gapirgani tadbir ishtirokchilarida alohida taasurot qoldirdi.

            Tadbirda O'zbek Milliy akademik drama teatrtining yosh aktyori Farrux Botirov ham ishtirok etdi. San'atkorlar o'z chiqishlari davomida ijro etgan rollaridan parchalar, monologlar ijro etishdi hamda yig'ilganlarni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob berishdi.

"Uzavtoyul" AK Matbuot hizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services